Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukusda karantin choralari kuchaytiriladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi markazi Nukus shahrida 30 iyundan karantin choralari kuchaytirilishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining telegramida xabar qilinishicha, Nukus 30 iyundan «qizil» (yuqori xavfli) toifaga kiritiladi.
Ma'lum qilinishicha, shaharda bir qator cheklovlar qayta joriy qilinib, karantin choralari kuchaytiriladi.
Jumladan, jamoat transporti, buyum bozorlari, kafe va restoranlar, sartaroshxonalar, avtomaktablar faoliyati taqiqlanadi.
Ma'lumot uchun, 28 iyun kuni Qoraqalpog‘istonda aholi orasida yangi kasallanish holalari aniqlana boshlagandi. Shu vaqtgacha Qoraqalpog‘istonda 151 holat qayd etilgan, 141 bemor tuzalib chiqqan, ayni vaqtda 10 bemor davolanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining 26 iyundagi qaroriga ko‘ra, Nukus shahri «sariq» hudud sifatida belgilangandi.
Bundan avvalroq Buxoro viloyati markazi Buxoro shahrida ham 1 iyuldan karantin choralari kuchaytirilishi haqida xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026