Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida sutka davomida koronavirus holatlari aniqlanishi bo‘yicha rekord qayd etildi
Avvalroq qirollik koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bois xorijliklar uchun bu yilgi haj ziyoratini bekor qilgandi.
Saudiya Arabistonida sutka davomida koronavirus yuqtirish holatlari aniqlanishi bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Bu haqda Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vazirligi Twitter akkauntida xabar qildi.
"Sutka davomida 3943ta koronavirus holati aniqlandi, jami kasallikka chalinganlar soni 186 436taga yetdi. Pandemiya boshlanganidan beri vafot etganlar 1599 nafarni tashkil etmoqda", - deyiladi xabarda.
Saudiya Arabistoni arab davlatlari orasida koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi.
Avvalroq qirollik koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bois xorijliklar uchun bu yilgi haj ziyoratini bekor qilgandi.
Saudiya Arabistoni Haj va Umra vaziri Muhammad Solihning ma'lum qilishicha, bu yilgi haj mavsumida 10 mingdan ortiq ziyoratchi qatnasha olishi mumkin.
«Haj-2020 mavsumida Makka va Madina shaharlari 10 mingdan ortiq ziyoratchini qabul qila oladi», degan vazir.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026