Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi eng qimmat kvartira narxi ma'lum qilindi
Moskva shahridagi eng qimmat kvartira narxi ma'lum qilindi. “Metrium” kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, bu kvartira 2,7 mlrd rublga (joriy kurs bo‘yicha 38,5 mln dollar) baholanmoqda.
Ta'kidlanishicha, kvartira Yakimanka tumanidagi “Tsarev sad” apartamentlar majmuasida joylashgan bo‘lib, narxi boshqa qimmat kvartiralarning o‘rtacha narxidan deyarli 20 marta qimmatroqni tashkil qiladi.
Rossiya poytaxtida qimmatligi bo‘yicha 2-o‘rinni “Moskva-Siti”dagi “Federatsiya. Vostok” binosidagi apartament egallagan. U 2,5 mlrd rublga sotuvga qo‘yilgan.
Eng qimmat kvartiralar uchligini Moskva markazidagi Carré Blanc majmuasidagi kvartira yakunlab, u 2,1 mlrd rublga baholangan.
Xabarda ma'lum qilinishicha, Carré Blanc’dagi kvartiraning bir kvadrat metri narxi 3,84 mln rublni tashkil qilib, bunday pulga o‘rtacha kvartira xarid qilish mumkin.
Mavzuga oid
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026