Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netflix afroamerikaliklarga xizmat ko‘rsatadigan banklarga 100 mln dollar o‘tkazadi
Netflix videoservisi asosan afroamerikaliklarga xizmat ko‘rsatadigan 30ta moliya kompaniyasi, bank va kredit ittifoqlariga o‘z pul mablag‘larining 2 foizini o‘tkazadi. Kompaniyaning pul mablag‘lari 5 mlrd dollarni tashkil etadi.
Kompaniya bu mablag‘ mazkur moliya institutlarining aholi va biznesga kredit ajratish imkoniyatini yaxshilashiga umid qilmoqda.
Ko‘plab kompaniyalar afroamerikalik Jorj Floydning o‘limidan keyin ijtimoiy tengsizlik va irqchilikka qarshi kurash bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlashni boshladi. Masalan, Nike va uning Jordan brendi ana shunday tashkilotlarga iyun oyida 140 mln dollar o‘tkazib berdi.
Avvalroq Netflix qora tanli san'at arboblari va huquqni himoya qiluvchi tashkilotlarga 5 mln dollar ajratishga va'da bergandi. Kompaniya endilikda qora tanli aholiga kredit beradigan moliya institutlarini qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi.
AQSh depozitlarni sug‘urtalash bo‘yicha federal korporatsiyasining ma'lumotiga ko‘ra, egalari yoki rahbarlari qora tanlilar bo‘lgan moliya institutlari mamlakatdagi barcha tijorat banklarining atigi 1 foizini tashkil etadi.
Mavzuga oid
08:37 / 27.02.2026
Netflix Warner Bros.'ni sotib olish bo‘yicha kelishuvdan chiqmoqchi
13:11 / 23.12.2025
Netflix'ga raqobat: Paramount WBD uchun 108 mlrd dollarlik taklif tayyorladi
12:30 / 22.07.2025
Netflix’da norozilik, shahar bankrotligi va Bruneyni boy qilgan kompaniya – 22 iyul biznes tarixida
20:54 / 18.07.2025