Netflix Warner Bros. Discovery’ning kino biznesi va kompaniyaga tegişli HBO Max striming servisini sotib oliş böyiça kelişuvdan çiqadi. Bu haqda 27 fevral, juma kuni The New York Times Netflix’ning ikki hamijroçi direktori Ted Sorandos va Greg Pitersning qöşma bayonotiga tayanib xabar berdi. Ularning aytişiça, Warner Bros. Discovery Paramount tomonidan kiritilgan kontrtaklifni Netflix bilan 2025 yil dekabrda imzolagan kelişuvga nisbatan foydaroq deb topgan. Öşa kelişuv şartlariga köra, Netflix har bir aksiya uçun 27,75 dollar tölaşi kerak edi, Warner Bros. Discovery’ning umumiy qiymati esa (kompaniya qarzlari bilan birga) 82,7 mlrd dollarga baholangan.

Avvalroq Paramount Warner Bros. Discovery’ga yangi kelişuv taklif qilgani va har bir aksiya uçun 31 dollargaça tölaşga tayyor ekanini bildirgani ma’lum bölgan edi. The New York Times yozişiça, bunday kontrtaklifda bitimning umumiy qiymati 111 mlrd dollar böladi. Şu fondan kelib çiqib, Warner Bros. Discovery Netflix’ga Paramount taklifini «oşiriş»ni taklif qilgan.

Netflix rahbarlari öz bayonotida endi «bitim moliyaviy jihatdan avvalgidek jozibador körinmayotganini» ta’kidladi. The Hollywood Reporter ma’lum qilişiça, agar Paramount bilan bitim amalga oşsa, Paramount Netflix’ka 2,8 mlrd dollar miqdorida kompensatsiya ham tölaydi. Bu kompensatsiyani esa Warner Bros. Discovery amaldagi qöşiliş böyiça kelişuv bekor qilinişi uçun berişiga töğri keladi.

Warner Bros. Discovery deyarli 100 yil davomida Hollivudda suratga olingan film va seriallarning ulkan arxiviga bölgan huquqlarga ega. Kompaniya şuningdek “Harri Potter”, “Uzuklar hukmdori”, “Taxtlar öyini” kabi franşizalarga, HBO Max striming servisiga, CNN va Discovery telekanallariga ham egalik qiladi.

Paramount konglomeratiga 2025 yildan beri Ellisonlar oilasi egalik qiladi, ularni AQŞ prezidenti Donald Trampga yaqin, deb ataşadi. Larri Ellison — Oracle texnologik korporatsiyasining asosçisi, ma’lumotlar bazalari va bulutli texnologiyalar bozoridagi asosiy öyinçilardan biri hamda AQŞ hukumatining yirik pudratçisi hisoblanadi. Xususan, Oracle Pentagon uçun muhim IT-infratuzilmalarni yetkazib beradi. Larri Ellison bir neça bor omma oldida Trampni qöllab-quvvatlagani va uning saylov kampaniyasiga xayriya qilgani aytilgan.

Endilikda Netflix’ni sotib oliş böyiça yangi bitimni antimonopoliya regulyatorlari ma’qullaşi kerak böladi. Şu holda Paramount, xususan, CNN telekanali ustidan nazoratni qölga kiritadi. Donald Tramp esa CNN’ni özi haqida va ma’muriyati haqida “feyklar” tarqatişda bir neça bor ayblagan.