Duşanba kuni, 22 dekabrda, Paramount Skydance Corp. kompaniyasi Warner Bros. Discovery (WBD)ni sotib oliş böyiça taklifining şartlarini qayta körib çiqqani ma’lum böldi. Yangilangan taklifga Oracle hammuassisi, milliarder Larri Ellison tomonidan 40,4 mlrd dollar miqdoridagi şaxsiy, qaytarib olinmaydigan moliyaviy kafolat kiritildi. Bu haqda Paramount’ning rasmiy bayonotida aytilgan. Larri Ellisonning öğli — kinoprodyuser Devid Ellison Paramount Skydance Productions rahbari hisoblanadi.
Sotib oliş böyiça taklifni tuzatiş WBD direktorlar kengaşining e’tirozlariga javob böldi: kengaş Paramount’ning avvalgi arizasini haddan taşqari xatarli deb baholagan va oldingi kafolat — Ellisonlar oilasining qaytarib olinişi mumkin bölgan oilaviy trasti orqali berilayotgani aktivlarning çiqib ketişi ehtimolini istisno etmasligi, şu sababli işonçli moliyalaştiriş manbasi sifatida qaralmasligini bildirgan edi. Yangi taklifda Ellison bitimni moliyalaştiriş va Paramount’ga bölişi mumkin bölgan da’volarni qoplaşni şaxsan öz zimmasiga oldi. Milliarder, şuningdek, bitim yakunlanmagunça trastni qaytarib olmaslikni va’da qildi.
Paramount taklifining umumiy qiymati 108 mlrd dollarga yetadi. Raqobatçi Netflix taklifi esa Warner Bros. Discovery aktivlarini taxminan 83 mlrd dollarga baholaydi va faqat Warner Bros. kinostudiyalari, HBO, HBO Max hamda öyin (gaming) bölinmasini sotib olişni nazarda tutadi. Paramount esa WBD’ni, jumladan, CNN, TNT, TBS va Discovery kabi global telekanallar tarmoğini ham töliq xarid qilişni rejalaştirmoqda.
Paramount taklifini moliyalaştirişda xorijiy investorlar ham iştirok etmoqda: taxminan 24 mlrd dollarni Saudiya Arabistoni, Qatar va Abu-Dabining suveren jamğarmalari ta’minlamoqda. WBD avvalroq xorijiy jamğarmalar iştirok etişi AQŞ hukumati tomonidan milliy xavfsizlik yönalişida qöşimça tekşiruvlarga sabab bölişi mumkinligini ta’kidlagan.
Warner Bros. ustidan nazorat uçun Netflix va Paramount örtasidagi keng kölamli kuraş allaqaçon Oq uy e’tiborini tortgan. AQŞ prezidenti Donald Tramp bir neça bor vaziyatni şarhlab, Netflix’ning WBD’ni sotib olişi “muammo bölişi mumkin”ligini aytgan — çunki bu kompaniyaning kino va TV industriyasidagi uluşini sezilarli oşiradi. Şu bilan birga, u Paramount’ga tegişli CBS News telekanallarining Oq uy faoliyatini yoritişini tanqid qilib keladi va da’vogarlarning heç birini töliq qöllab-quvvatlamasligini bir neça bor ta’kidlagan. U ayniqsa CNN egasi almaşişi zarurligiga e’tibor qaratgan — Tramp bu kanalni köp bor “feyk yangiliklar” tarqatişda ayblagan.
Netflix ham, Paramount ham Oq uyda öz pozitsiyalarini faol tarzda ilgari surmoqda. Masalan, Devid Ellison CBS’ning yangi boş muharriri etib OAVdagi biryoqlamalikni tanqid qilişi bilan tanilgan jurnalist Bari Vaysni tayinladi. Uning tayinlanişi AQŞning konservativ doiralarida yuqori baholandi. Şu fonda CBS News içida mojaro kelib çiqdi: xodimlardan biri Vaysni El-Salvadordagi öta qattiq darajada qöriqlanadigan qamoqxona haqidagi lavhani efirdan olib taşlaganlikda aybladi — u yerga Tramp ma’muriyati Venesueladan yuzlab muhojirlarni yuborgan edi.








