Netflix’da eng katta norozilik tölqini

2011 yilning 22 iyulida kompaniya DVD va onlayn striming xizmatlarini bir-biridan ajratişga qaror qiladi. Bu qaror mijozlar orasida ommaviy norozilikni keltirib çiqardi – kompaniya bir neça hafta içida 800 mingga yaqin obunaçilarini yöqotdi va aksiyalari 30 foizga tuşib ketdi. Lekin kompaniya baribir ortga qaytmagan. Uzoq muddatda bu qaror Netflix’ning raqamli transformatsiyasiga yordam berdi.

AQŞ tarixidagi eng yirik şahar bankrotligi

2013 yil 22 iyul kuni Detroit şahri bankrot deb e’lon qilindi. Şahar hukumati 18 mlrd dollarlik qarzi bilan bankrotlik jarayonini boşlab berdi. Bu voqea AQŞdagi eng yirik munitsipal moliyaviy qulaşlardan biri bölib tarixda qoldi va jamiyatda katta rezonans uyğotdi. AQŞ bankrotlik sudi buni qabul qildi va keyingi yillarda şaharni tiklaş davom etdi. Pensiyalar qisqartirildi, ayrim kreditorlarga tölovlar kamaytirildi. Eng katta yutuq – yangi sarmoyalarda. Bankrotlikdan keyingi yillarda şahar yangi texnologik startaplar, kiçik bizneslar, ijtimoiy loyihalar bilan jonlana boşladi.

WorldCom kompaniyasi bankrotlikka yuz tutdi

AQŞdagi eng yirik telekom kompaniyalaridan biri bölgan WorldCom 2002 yil 22 iyul kuni 107 milliard dollarlik aktivlar bilan bankrotlik jarayonini boşladi. Bu moliyaviy hisobotlardagi 11 milliard dollarlik soxta ma’lumotlar bilan boğliq bölgan eng yirik moliyaviy firibgarliklardan biri edi. Natijada bu voqea AQŞda Sarbanes Oxley Act qabul qilinişiga olib keldi – bu qonun korporativ moliyaviy oşkoralikni kuçaytirişga xizmat qiladi.

AQŞda Federal omonat suğurtasi korporatsiyasi tuzildi

1933 yil 22 iyulda AQŞda Federal Deposit Insurance Corporation (FDIC) – federal omonat suğurtasi korporatsiyasi taşkil topdi. Buyuk depressiyadan söng bank tizimiga bölgan işonçni tiklaş maqsadida FDIC – bank depozitlarini suğurtalovçi mustaqil federal agentlik taşkil etildi. Bugungi kunda bu taşkilot minglab banklar faoliyatini nazorat qiladi va AQŞ bank tizimi barqarorligini ta’minlab turadi.