Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston Karachidagi hujumda Hindistonni aybladi
Pokiston bosh vaziri Imron Xon Karachi shahridagi birjaga hujum ortida Hindiston maxsus xizmatlari turganini aytdi. Biroq Xon buning isboti sifatida biror dalil keltirmagan.
“Biz bu Hindiston tomonidan amalga oshirilganiga shubha qilmaymiz”, deb aytgan Xon. Uning ta'kidlashicha, birja binosining halok bo‘lgan qo‘riqchilari va politsiyachi o‘zlarini qurbon qilib, Pokistonni barqarorsizlantirish uchun Hindiston tomonidan rejalashtirilgan jiddiy hodisaning oldini olishgan.
Pokiston bosh vazirining ma'lum qilishicha, hujumni amalga oshirgan terrorchilarda katta miqdorda o‘q-dori bo‘lgan va ular ehtimol odamlarni garovga olmoqchi bo‘lgan. U shunga o‘xshash yana 4 ta terakt, jumladan poytaxt Islomobodda 2 ta terakt oldi olinganini ma'lum qilgan.
29 iyunda Pokistonning Karachi shahridagi fond birjasiga terrorchilar tomonidan hujum uyushtirildi. Hujum oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, 7 kishi yaralangan. Birjaga 4 terrorchi hujum qilib, birja binosiga kirish joyida granatalar portlatgan va avtomatlardan tartibsiz o‘q otishni boshlagan. Keyinroq terrorchilarning barchasi o‘ldirilgan.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026