Norboyeva Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi rahbari bilan uchrashdi
Bugun, 1 iyul kuni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva va AQSh Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Adam Boler boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar va turli yo‘nalishdagi hamkorlikni mustahkamlash xususida muloqot olib borildi.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Tanzila Norboyeva O‘zbekistonda xalq hayotida parlamentning rolini oshirish, korrupsiyaga qarish kurash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida delegatsiyaga ma'lumot berdi. Senat raisi mamlakatda gender tengligini ta'minlash bo‘yicha qilinayotgan harakatlar xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
«O‘zbekistonda gender tengligi bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etilgan bo‘lib, mamlakat bu boradagi maqsadlarga bosqichma-bosqich erishmoqda. Xususan, parlament yuqori palatasi a'zolarining 25 foizi, quyi palata a'zolarining 32 foizini ayollar tashkil etmoqda.
Parlament yuqori va quyi palatasida qo‘mita raislari, vazirlar, hokimlar, elchilarning ayollar orasidan tanlab olinayotganini ham qayd etib o‘tish kerak. Qisqa muddat ichida gender tenglikni ta'minlashga qaratilgan ikkita normativ hujjat – «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida» hamda «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Respublikada qabul qilinadigan qonunlarning barchasini gender tengligi nuqtayi nazaridan ekspertizadan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Barcha davlat tuzilmalarida gender tengligi masalasi bo‘yicha kengashlar tashkil etildi.
Pandemiya davrida ayollarning uy zo‘ravonligi qurboniga aylanishining oldini olish maqsadida Senatning Gender tengligi komissiyasi qoshida 24 soat ishlaydigan ishonch telefoni faoliyati yo‘lga qo‘yildi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Yuqori palata raisi AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning O‘zbekistonning majburiy mehnat va odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha harakatlarini e'tirof etgani uchun minnatdorlik bildirib o‘tdi.
«Majburiy mehnat va odam savdosiga kurash masalasida AQSh kuzatuvining ikkinchi ro‘yxatida qolgan bo‘lsak-da, bu borada pozitsiyamizni yaxshilashga harakat qilamiz. Davlat kotibi bu borada O‘zbekistonga bergan ko‘rsatmalarning barchasi o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga mos keladi», deya ta'kidlagan Norboyeva.

Xalqaro taraqqiyotni moliyalashtirish korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Adam Boler O‘zbekistondagi islohotlar shiddatini e'tirof etdi.
«O‘zbekistondagi islohotlarning shiddati bizni hayratga soladi. Pandemiya davrida salbiy xabarlar ko‘payib ketganiga qaramay, bu mamlakatda bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlarni muvaffaqiyat sifatida baholash mumkin», degan u.
Shuningdek, Boler O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlikni ta'minlash bo‘yicha qilayotgan harakatlarini alohida qayd etib o‘tdi.
«Afg‘onistonda tinchlikni ta'minlash bo‘yicha qilinayotgan ishlarda O‘zbekistonning rolini yuqori baholaymiz. Bu mamlakatda farovonlikni ta'minlash, afg‘on ayollarining himoyasi bo‘yicha O‘zbekiston astoydil harakat qilmoqda», deya ta'kidlagan u.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34 / 05.04.2025
Mavzuga oid

22:34 / 05.04.2025
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi

19:50 / 28.03.2025
To‘rtko‘l tumani «korrupsiyadan xoli hudud»ga aylantiriladi

21:03 / 14.03.2025
Biz O‘zbekistonni Rossiyaning 10 ta ishonchli hamkorlaridan biri deb hisoblaymiz - Vyacheslav Volodin

07:25 / 13.02.2025