Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an pandemiya boshidan beri ilk xorijiy safarini amalga oshirdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 2 iyulda Qatarga amaliy tashrif bilan keldi. Bu uning koronavirus pandemiyasi boshlangandan beri ilk xorijiy safari bo‘ldi.
Qatarning QNA axborot agentligining xabar berishicha, Erdo‘g‘anni Doha xalqaro aeroportida Qatar bosh vaziri o‘rinbosari va mudofaa vaziri Xolid at-Attiyya kutib olgan.
O‘z navbatida, Erdo‘g‘an pandemiya boshidan beri Qatarga tashrif buyurgan ilk xorijiy davlat rahbari bo‘lgan. U Anqaraning Yaqin Sharqdagi eng ishonchli ittifoqdoshi bo‘lgan Qatarga Rossiya va Eron prezidentlari bilan Suriya bo‘yicha virtual uchrashuvdan keyin yo‘l olgan. Bu uchrashuv arafasida Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon Al Taniy Doha suriyaliklarga 100 mln dollar yordam puli ajratishini e'lon qilgan.
Rossiya, Turkiya va Eron rahbarlari Vladimir Putin, Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Hasan Ruhoniy 1 iyulda Suriya bo‘yicha videoanjuman shaklida sammit o‘tkazishdi. Sammit yakunlariga ko‘ra uch prezident Suriya hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashlarini tasdiqlashgan, Suriyadagi neft daromadlarining noqonuniy egallab olinishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta'kidlab o‘tishgan, terrorchilarni yo‘qotishda hamkorlik qilishda qat'iy ekanliklarini tasdiqlashgan va Suriya ixtilofini hal qilish bo‘yicha muvofiqlashtirishni oshirishga kelishib olishgan. Ular, shuningdek, xalqaro hamjamiyatni barcha suriyaliklarga ko‘rsatilayotgan yordamni hech qanday istisnosiz ko‘paytirishga chaqirishgan.
Mavzuga oid
23:03 / 27.11.2025
Portugaliya o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozondi
19:26 / 18.11.2025
O‘zbekiston o‘smirlari Italiyaga yutqazib, jahon chempionatini tark etdi
22:43 / 08.11.2025
O‘zbekiston o‘smirlari jahon chempionatida Irlandiyaga yutqazdi
20:12 / 05.11.2025