Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi: Jismoniy tarbiya va sport vazirligida o‘tkazilgan videoselektor aynan shu mavzuga bag‘ishlandi
Bugun demokratik qadriyatlar qaror topib borayotgan bir vaqtda davlat xizmatchilari tomonidan poraxo‘rlik, mansabini suiiste'mol qilish bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilishi hokimiyatning obro‘sizlanishi, davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetishi, natijada amaldagi hokimiyatga nisbatan norozilikka sabab bo‘ladi. Bu o‘z o‘rnida korrupsiyaning mamlakatda rivojlanishi hamda o‘sha davlatning tanazzuliga olib keladi. Har bir jamiyatda mavjud bo‘lgan bu kabi illatlarga qarshi ayovsiz kurashish borasida mamlakatimizda ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni, «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil 27 maydagi Prezident Farmoni, 2017 yil 2 fevraldagi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi qarori korrupsiyaga qarshi kurashish borasida muhim qadam bo‘ldi. Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta'minlash bo‘yicha davlat idoralarida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida ham qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta'minlash, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish, aybdorlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rishga jiddiy qaralmoqda.
Kecha o‘tkazilgan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika komissiyasi va uning hududiy komissiyalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Jismoniy tarbiya va sport vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy dasturi, Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘rinbosari Nodir Murotov raislik qilgan mazkur yig‘ilishda tizimdagi barcha tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida har birimiz mas'ul ekanligimiz, uni bartaraf etish va oldini olish bo‘yicha vakolatli davlat organlari bilan hamkorlik qilish, o‘z faoliyatimizni qonuniylik, xolislik, ochiqlik va shaffoflik va hisobdorlik prinsiplari asosida amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni ta'minlash, shuningdek, korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarni hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish, budjet mablag‘laridan samarali va oqilona foydalanish, turli dasturlar doirasida qurilish-ta'mirlash ishlarini amalga oshirishda pudrat tanlovlarini ochiq va shaffof o‘tkazilishini ta'minlash, qurilishda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, vazirlik hamda hududiy boshqarmalarning ishonch telefonlari ifoda etilishi kerakligi ta'kidlandi.
Shuningdek, barcha tashkilotlar xodimlari ishtirokida odob-axloq qoidalari va manfaatlar to‘qnashuviga qat'iy rioya etilishi, bu borada har bir xodim bilan kerakli tushuntirishlar olib borish lozimligi aytib o‘tildi.
Shuningdek, vazirlikning har bir tizim tashkilotida korrupsiya xavfini aniqlash, ulardan rahbariyatni o‘z vaqtida xabardor etishga imkon beruvchi adolat qutilari tashkil etilganligi monitoring qilinishi, bunga e'tiborsiz bilan qarayotgan rahbarlarga esa o‘rnatilgan tartibda tegishli choralar ko‘rilishi bildirildi.
Videoselektor yig‘ilishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri hamda viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshliqlari o‘z hududlarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan chora-tadbirlar yuzasidan hisobotlar berishdi.
Korrupsiya – bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Shu sababli barcha mazkur illatga qarshi birgalikda qonuniy kurash olib borishimiz lozimdir.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
Mavzuga oid
20:18 / 14.01.2023
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
02:32 / 12.02.2021
O‘zbekistondagi sport inshootlarining bir kunlik quvvati qariyb 1,5 mln kishini tashkil etadi - Adliya vazirligi
00:18 / 12.02.2021
O‘zbekistondagi maktablarning 22,5 foizida sport zallari yo‘qligi ma'lum qilindi
19:17 / 22.12.2020