Murojaatni örganiş maqsadida Böstonliq tumaniga bordik. Bizni qöllarida öz yerlariga tegişli xujjatlar bilan köplab fuqarolar kutib olişdi. Ular bilan birma-bir suhbatlaşib, tegişli hujjatlarini közdan keçirdik.
Fuqarolarning aytişiça, Yangiovul köçasida joylaşgan 24ta uy-joy «snos»ga tuşgan va 4ta xonadonga sud qaror ham çiqarib bölgan.
Bu yerlarni fuqarolar turli yillarda sotib olişgan. Ba'zilariga meros tariqasida qoldirilgan.

Tuman prokuraturasi uşbu 24ta uy-joyga nisbatan yer ajratiş qarori, oldi-sotdi şartnomasi, kadastr hujjatlarini haqiqiy emas deb topiş, qurilmalarni buziş, yer maydonini asl holiga keltirib, davlat zaxirasiga qaytariş töğrisida sudga da'vo arizasi kiritgan.
Sayyor sud 4ta uy-joyga nisbatan yerni oldingi holatiga qaytariş böyiça qaror qabul qilgan. Qolgan uy-joylar böyiça sud işlari davom etmoqda.

Ajablanarlisi şundaki, fuqarolarning turli yillarda rasmiy ravişda mulk qilib olgan yerlari noqonuniy deb topilmoqda va kompensatsiya masalasi hal etilmayapti. Murojaatçilarga köra, kompensatsiya haqida hatto gap-söz ham bölmagan.
«Yaqinda farzandli böldim. Prokuratura, hokimiyat va suddan odamlar kelib joyimizni olib qöyişmoqda. Bizning kadastr hujjatlarimiz, oldi-sotdi şartnomalarimiz bor. Kompensatsiya haqida gap ham bölgani yöq. Sud ham joyida muammoni çuqur örganmasdan qaror çiqarmoqda.
Bu yerda bizning aybimiz nima? Şunça yil ötganidan keyin endi bunday işlar bölmoqda. Xöp, qaror, imzo, muhr soxta ekan. Lekin biz uni bilmaganmiz-ku», deydi uyi «snos»ga tuşgan fuqarolardan biri.

Uylari «snos»ga tuşgan fuqarolar haqida mahalla raisidan ham izoh söradik. Uning aytişiça, ikki yildan beri fuqarolar şu uylarda yaşab kelmoqda.












