Moliya vazirligida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi
Moliya vazirligida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik xabarida aytilgan.
Jasur Bo‘riyev Moliya vazirligi Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
J. Bo‘riyev 1988 yilda Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 2010 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.
U tayinlovga qadar Davlat budjeti bosh boshqarmasi Budjetni tuzish va g‘aznachilik ijrosi, ichki audit va moliyaviy nazorat uslubiyoti boshqarmasi Davlat budjetini tuzish jarayonini takomillashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida samarali faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Zafar Astanov Iste'mol bozori, transport, aloqa va turizm sohalarini moliyaviy tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Zafar Astanov 1981 yilda Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma'lumoti oliy, 2003 yilda Samarqand kooperativ instituti va 2005 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetlarini tamomlagan.
U tayinlovga qadar Moliya vazirligi Iste'mol bozori, transport, aloqa va turizm sohalarini moliyaviy tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - Transport, kommunikatsiya va turizm sohalarini kompleks tahlili, moliyaviy va narxlarni tartibga solish bo‘limi boshlig‘i lavozimida samarali faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
15:57 / 10.12.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
18:28 / 06.12.2024