Samarqandda Malibu va MAN to‘qnashishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 1 iyul kuni soat 12:00da Samarqand viloyati Samarqand tumani Andijoni mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1095-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 51 yoshli T.T.ning boshqaruvida bo‘lgan MAN rusumli yuk avtomashinasi va 49 yoshli Z.J. (ayol) boshqaruvida bo‘lgan Malibu rusumli avtomashinalari to‘qnashuvi natijasida Malibu avtomashinasining yo‘lovchilari 50 yoshli M.K. (ayol), 51 yoshli J.S. (ayol) va 48 yoshli A.A. olgan tan jarohatlari bilan hodisa joyda vafot etganlar.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, transport vositasini boshqarayotganingizda amaldagi “Yo‘l harakati qoidalari”ga rioya qilishingizni so‘raymiz, o‘zingiz va boshqalarning hayotiga befarq bo‘lmang”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024