Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Xitoyni tutib turish uchun Osiyodagi qo‘shinlari sonini ko‘paytirishi mumkin
"AQShni iqtisodiy, texnologik va harbiy jihatdan quvib o‘tayotgan Xitoy bilan qanday munosabatda bo‘lishimizni bilib olishimiz kerak", - dedi Britaniya parlamentining mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Tobayas Ellvud.
Buyuk Britaniya Xitoyni tutib turish uchun Osiyodagi qo‘shinlari sonini ko‘paytirishi va boshqa choralarni ko‘rishi mumkin. Financial Time (FT) gazetasining yozishicha, qirollikning quruqlikdagi qo‘shinlar, harbiy-dengiz kuchlari va harbiy-havo kuchlari qo‘mondonlari Britaniya vazirlar mahkamasi a'zolari bilan ana shu rejani muhokama qilgan.
Nashrning ma'lumot berishicha, Britaniyaning hozirda tayyorlanayotgan mudofaa va tashqi siyosat milliy strategiyasida Xitoy tahdidi asosiy mavzulardan biri bo‘ladi. Ushbu hujjatning chop etilishi koronavirus pandemiyasi sababli kechiktirilgandi va kuzda taqdim etiladi.
Unda hukumatga NATOga nisbatan faolroq harakatlanish hamda Pekinning qo‘shnilari Seul va Tokio bilan hamkorlikni kengaytirish tavsiya qilinishi kutilmoqda. Shuningdek, London kiberxavfsizlik va Xitoy bilan gibrid urushga tayyorgarlikka alohida e'tibor qaratadi.
"AQShni iqtisodiy, texnologik va harbiy jihatdan quvib o‘tayotgan Xitoy bilan qanday munosabatda bo‘lishimizni bilib olishimiz kerak", - dedi Britaniya parlamentining mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Tobayas Ellvud.
Harbiy ekspertlar shuningdek, Prince of Wales va Queen Elizabeth aviatashuvchilarini qayta jihozlash kerakligiga e'tibor qaratishgan. Britaniyalik general Richard Barronsning ta'kidlashicha, Xitoyda aviatashuvchilarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan maxsus raketalar bo‘lib, bu Buyuk Britaniyaning Janubiy Xitoy dengizida kuchini ko‘rsatish imkoniyatini keskin cheklaydi.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
17:47 / 17.06.2026