Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: AQShda koronavirus qurbonlari soni pasaymoqda
AQSh prezidenti Donald Trampga ko‘ra, mamlakatda yangi namunadagi koronavirus qurbonlari soni pasaymoqda. Ayni chog‘da, virusni yuqtirish holati ortib bormoqda, deyiladi Jons Hopkins universiteti ma'lumotlarida. Bugungi kunda, mamlakatda 2,85 mln.dan ortiq kishida virus aniqlangan.
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning Twitter sahifasida yozishicha, mamlakat hududida virusni yuqtirganlar soni o‘sayotganiga qaramay, yangi koronavirusdan o‘lim holatlari pasayishi kuzatilmoqda.
“Xitoy virusi bilan zararlanish soni ommaviy tekshiruvlar bois ortib boryapti. O‘limlar kamroq ro‘y beryapti. Uning ko‘rsatkichi past va barqaror. Soxta xabarlar tarqatuvchi OAV bu haqda xabar qilishlari kerak, shuningdek, yangi ish o‘rinlari rekord o‘rnatayotganini ham”, - deb yozgan Oq uy rahbari.
Shu bugungi kungacha, Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda yangi koronavirusdan 129,7 ming kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Mavzuga oid
20:25
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026