Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon tashqi ishlar vazirligining uch nafar amaldori hibsga olindi
Ular mansabini suiiste'mol qilish, pora olish va mablag‘larni o‘zlashtirishda gumonlanmoqda.
Foto: massa.az
Ozarboyjon xavfsizlik xizmati mamlakat tashqi ishlar vazirligining uch nafar xodimi hibsga olinganini ma'lum qildi.
Ular mansabini suiiste'mol qilish, pora olish va mablag‘larni o‘zlashtirishda gumonlanmoqda.
Bular TIV tender komissiyasi raisi Farhod Mullazoda, xo‘jalik bo‘limi boshqaruvchisi Salim Alizoda va konsullik boshqarmasining yuridik-konsullik bo‘limi boshlig‘i Nuruposho Abdullayevdir.
Xabarda aytilishicha, Mullazoda va Alizoda Ozarboyjon TIVning turli tuzilmalariga ajratilgan budjet pullarini muntazam o‘zlashtirib kelishda gumonlanmoqda. Bundan tashqari, gumonlanuvchilar "zarur xo‘jalik mahsulotlarini sotib olish chog‘ida tadbirkorlardan ularning hisobiga o‘tkazilgan pullarning bir qismini pora sifatida qaytarishni talab qilgan".
Abdullayev esa mamlakatga xorij fuqarolari kirishi uchun elektron vizalarni rasmiylashtirishda pora olib kelgan.
Mavzuga oid
09:01 / 30.12.2025
Ozarboyjon: Ukrainada har ikki tomonda urishganlar jazolanadi
21:36 / 25.12.2025
Qozog‘iston AZAL samolyoti halokati tergovining dastlabki tafsilotlarini oshkor qildi
14:51 / 19.12.2025
Ozarboyjonda Vardanyanga umrbod qamoq jazosi berish talab qilindi
23:13 / 05.12.2025