Sport | 15:22 / 07.07.2020
4906
2 daqiqa o‘qiladi

Bolgariyada bir futbolchidan olingan test xato chiqishi 19 futbolchi kasallikka chalinishiga sabab bo‘ldi

Bolgariya chempionatining «Tsarsko selo» - «Cherno more» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda ikki jamoa futbolchilari koronavirusga chalindi.

Foto: Getty Images

«Tsarsko selo» klubi futbolchisi Martin Kavdanskidan koronavirusga olingan testning xato chiqishi ko‘plab futbolchilarning kasallik yuqtirib olishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Sporstar nashri xabar bermoqda.  

O‘zaro uchrashuv 2 iyul kuni bo‘lib o‘tdi va unda «Cherno more» jamoasi 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan oldin «Tsarsko selo» himoyachisi Martin Kavdanski koronavirusga topshirgan test salbiy chiqqan, deb yozadi Sporstar.

O‘yinchi uchrashuvga qo‘yilgan va boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan. O‘yindan so‘ng «Tsarsko selo» futbolchilari test topshirgan va uch nafar o‘yinchi: Ivaylo Ivanov, Iliya Jamov va Kiril Troxarovda COVID-19 aniqlangan.

 «Cherno more» klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘yindan so‘ng jami 16 futbolchining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqan.

Kavdanski test topshirgan laboratoriya uning kasallikka chalinganini ma'lum qilib, o‘z xatosini tan oldi. Xabar qilinishicha, «Tsarsko selo» prezidenti Stoyne Manolovning COVID-19ga topshirgan testi musbat chiqqan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid