15:40 / 08.07.2020
5681

AQShda sutka davomida Covid-19 yuqtirish bilan bog‘liq 60 mingdan ortiq holat aniqlandi

Foto: CC BY 2.0 / Paul Sableman / St. Louis Fire Department Emergency Medic

AQShda bir sutka ichida COVID-19 yuqtirish bilan bog‘liq 60 mingdan ortiq holat qayd etildi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma'lum qildi.

Universitet ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda oxirgi 24 soat ichida 60021ta kasallik yuqtirish holati qayd etilgan, 1195 bemor vafot etgan.

Bir kun avval bu ko‘rsatkich mos ravishda 44 953 va 325taga teng bo‘lgandi.

Jons Hopkins universitetining ma'lumot berishicha, AQShda koronavirus yuqtirganlar soni 3 millionga yaqinlashgan, 131 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Butun dunyo bo‘yicha kasallikka chalinganlar soni esa 11,8 milliondan oshgan va 544 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top