Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda karantinni buzayotganlar koronavirusga chalinganlar davolanayotgan shifoxonalarda ishlashga majbur qilinadi
Hindistonning Gvalior shahri ma'muriyati karantinni buzgan odamlarni koronavirusga qarshi kurashda yordam berishga majburlaydi.
Sanitariya-epidemiologik talablarga amal qilmayotganlar va niqob taqishni rad etayotganlar koronavirusga chalinganlar davolanayotgan shifoxonalarda va politsiya blokpostlarida ishlatiladi. Ular koronavirusga qarshi kurashning old saflarida kamida 3 kun o‘tkazishlariga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, qoidabuzarlar jarima ham to‘laydi.
Ushbu jazo Madxya-Pradesh shtatidagi koronavirusga qarshi kurash choralari doirasida kiritilmoqda. Shtat ma'muriyatida ta'kidlanishicha, xonadonma-xonadon yurilib, koronavirus alomatlari borlar ko‘zdan kechiriladi.
Hindistonda koronavirusga qarshi kurash choralariga ko‘ra jamoat joylari yoki ish joyida niqob taqish majburiy qilingan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakat koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha 3-o‘ringa chiqdi.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026