Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp maktablarni moliyalashtirishni qisqartirish bilan tahdid qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp agarda maktablar kelayotgan o‘quv yilida ochilmaydigan bo‘lsa, ularni moliyalashtirishni qisqartirishini ma'lum qildi. U bu haqda o‘zining Twitter-akkauntida yozdi.
"Agarda ochilmaydigan bo‘lsa, moliyalashtirish qisqartirilishi mumkin!" – deb yozdi AQSh prezidenti.
U demokratlarni koronavirus pandemiyasidan siyosiy maqsadlarda foydalanishda aybladi.
"Demokratlar maktablarning noyabrdagi saylovlargacha ochilishi ular uchun siyosiy jihatdan yomon bo‘ladi deb o‘ylamoqda, ammo bolalar va oilalar uchun bu muhim", - deb yozdi Tramp.
AQSh prezidenti "Maktablar hech qanday muammolarsiz ochilgan Germaniya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya va boshqa davlatlar"ni misol qilib keltirdi.
AQShdagi maktablar mart oyida yopilgandi. Ular yangi o‘quv yilida ochiladimi yoki masofaviy ta'lim davom etadimi, hozircha noma'lum.
Mavzuga oid
09:10 / 09.04.2026
AQSh NATOdagi a’zoligini qayta ko‘rib chiqishi mumkin
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
14:10 / 20.02.2025