JARda koronavirusning 1,5 million ehtimoliy qurbonini dafn etish uchun yer hozirlab qo‘yildi
Janubiy Afrika Respublikasi hukumati mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni tez sur'atlarda ko‘payayotganidan xavotir bildirmoqda. So‘nggi sutkaning o‘zida JARda 10 mingga yaqin yangi kasallanish holati va 192 ta o‘lim qayd etilgan.
Bunday sharoitlarda JARning eng gavjum provinsiyasi hisoblangan Gautengda koronavirusning 1,5 mln ehtimoliy qurboni dafn etilishi mumkin bo‘lgan bir nechta dala maydonlari zaxiralab qo‘yildi. Bu haqda provinsiyaning sog‘liqni saqlash vaziri Bandile Masuku jurnalistlarga ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, ajratilgan maydonlar tayyor holatda bo‘lib, zarurat tug‘ilishi bilan qo‘llanishi mumkin.
“Bu yoqimsiz mavzu, biroq haqiqat shunday”, deb ta'kidlab o‘tgan vazir va maydonlarni dafn maqsadlarida qo‘llashga to‘g‘ri kelmasligi uchun fuqarolarni o‘z sog‘liklariga va xavfsizlik choralariga jiddiy munosabatda bo‘lishga chaqirgan.
JARda virusga chalinganlarning ko‘payishi, birinchi navbatda, poytaxt Yoxannesburgda kuzatilmoqda. Ayni vaqtda JAR koronavirusga chalinganlar (215 ming) va undan vafot etganlar (3502 kishi) soni bo‘yicha Afrikada yetakchi bo‘lib qolmoqda hamda kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda 14-o‘rinni egallamoqda.
Mavzuga oid
11:30 / 19.10.2024
JAR Isroilga qarshi genotsid bo‘yicha ishni oxirigacha yetkazishga qaror qildi
14:40 / 05.08.2024
JARda 90 nafar efiopiyalik migrant odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilardan ozod qilindi
11:48 / 15.06.2024
Siril Ramaposa JAR prezidenti etib qayta saylandi
21:03 / 01.06.2024