Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Yaponiyaga 23 mlrd dollarlik harbiy samolyotlarni sotadi
AQSh davlat departamenti Yaponiyaga 105ta beshinchi avlod F-35 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlarini va zaruriy anjomlarni yetkazib berishni ma'qulladi. Bitimning umumiy qiymati 23,11 mlrd AQSh dollariga baholanmoqda. Bu haqda Amerika Mudofaa vazirligining mudofaa hamkorligi va xavfsizligi bo‘yicha boshqarmasi xabar qildi, deb yozmoqda TASS.
Mazkur boshqarma hukumatlararo shartnomalar asosida xorijiy davlatga harbiy texnika va qurol-yarog‘ yetkazib berish, AQSh va boshqa mamlakatlar o‘rtasida aloqani ta'minlash, Vashingtonning xorijiy hamkorlariga mudofaa sohasida moliyaviy hamda texnik ko‘mak ko‘rsatish uchun mas'uldir.
“Taklif etilgan sotuv, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida siyosiy barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyot kuchi bo‘lgan asosiy ittifoqchining xavfsizligini oshirishi bilan AQSh tashqi siyosati va milliy xavfsizligi maqsadlariga xizmat qiladi. AQShning milliy xavfsizligi manfaatlari uchun Yaponiyaga qudratli va samarali mudofaa salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish hayotiy muhimdir”, - deyiladi xabarda.
Amerika ma'muriyati qaror yuzasidan AQSh Kongressini xabardor etgan. Endilikda, qonun chiqaruvchilar ushbu harbiy shartnomani o‘rganib, uni tasdiqlash yoki to‘sib qo‘yish bo‘yicha 30 kun muhlati bor.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026