Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyaning sobiq prezidentiga tayinlangan qamoq muddati 13 yilga qisqartirildi
Seul oliy sudi Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti, korrupsiya va hokimiyatni suiiste'mol qilish ishi bo‘yicha sudlangan Pak Kin Xega chiqarilgan jazo hukmini qayta ko‘rib chiqib, uni 20 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
Foto: TASS
Sobiq prezident avval umumiy hisobda 33 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.
Sud yangi qarorga ko‘ra, Pak Kin Xeni poraxo‘rlik uchun 15 yilga va hokimiyatni suiiste'mol qilish uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum qilgan va 15 mln jarima solgan.
2018 yilda sobiq prezident 16 ta band, jumladan korrupsiya, davlat sirini oshkor qilish, hokimiyatni suiiste'mol qilish, tamagirlik uchun 25 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Keyinroq Pak Kin Xega qarshi yangi ishlar ko‘rilib, uning jazo muddatiga yana 8 yil qo‘shib berilgan.
Shuningdek, Pak Kin Xening dugonasi, hech qanday rasmiy lavozimni egallamay turib, mamlakatning ichki va tashqi siyosatida muhim qarorlar qabul qilinishiga ta'sir ko‘rsatgan Chxve Sun Sil 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Mavzuga oid
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
18:16 / 26.12.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidentiga 10 yillik qamoq jazosi so‘raldi
09:03 / 15.12.2025
Prokuror: Janubiy Koreya sobiq prezidenti KXDRni tajovuzga undamoqchi bo‘lgan
18:07 / 10.12.2025