Özbekistonda mart oyi örtalarida koronavirusdan zararlaniş bilan boğliq holat tasdiqlangaç, qat'iy karantin çoralari joriy etila boşlangan, aprel oyiga kelib Özbekiston töliq karantinga ötgandi. Avvaliga bu çoralar 20 aprelgaça etib belgilangandi. Keyin maxsus komissiya karantinni 10 mayga qadar uzaytirdi.

Bu vaqt oraliğida epidemiologik vaziyat yaxşilana boşladi, 21 apreldan boşlab kunlik kasallanişlar soni tuzalganlar sonidan kam böldi. Natijada, may oyi boşida karantin çoralarini bosqiçma-bosqiç yumşatişga qaror qilindi. 11 maydan Özbekistonda yangiça tizim joriy etildi. Unga köra, Özbekistonda karantin çoralari yumşatiladigan hududlarni belgilaş aniq mezonlar asosida baholanib, tumanlar va şaharlar «qizil» (yuqori xavfli), «sariq» (örta xavfli) va «yaşil» (xavfsiz) hududlarga ajratildi.

Özbekistonda koronavirus bilan boğliq vaziyat iyun oyi davomida barqaror saqlanib turdi. Ammo 24 iyun kunidan kunlik kasallaniş holatlari soni kundan kunga ösib bordi, oy oxirida kuniga ikkitadan ölim qayd etila boşladi, iyul oyi boşida esa vaziyat keskin yomonlaşdi, kunlik kasallanişlar soni 400dan oşib, 500ga yaqinlaşdi, kunlik ölim holatlari soni 5-6tadan bölmoqda.

Soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumotiga köra, sönggi haftalarda aniqlangan holatlarning 52 foizi xorijdan kelgan fuqarolarda, 48 foizi esa aholi orasida aniqlangan. Vazirning ma'lum qilişiça, koronavirus bemorlari orasida ölimlar soni oşişiga 50 foiz holatlarda şifokorlarga keç murojaat qiliş sabab bölmoqda. Vazirlik vakilining ma'lumotiga köra, bemorlarning 70-80 foizida kasallik taşqi simtomlarsiz keçmoqda.

Mutasaddilar va mutaxassislar statistika şu tarzda ösib borsa, Özbekistondagi şifoxonalarga bemorlar siğmay ketişi, koronavirusdan boşqa kasalliklarga çalinganlarga yordam körsatib bölmay qolişi mumkinligidan ogohlantirişdi. Özbekiston ikkinçi tölqinga tayyorlana boşladi. 8 iyul kuni respublika maxsus komissiyasi karantinga qaytiş töğrisidagi qarorlarini e'lon qildi.

Qarorga binoan, respublika miqyosida:

  • avtotransport vositalarining harakatini çeklanadi;
  • davlat organlari va taşkilotlarining asosiy iş faoliyatiga ta'sir etmagan holda qonunçilikda belgilangan tartibda mehnat ta'tiliga çiqariş, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) taşkil etiladi.
  • davlat organlari, taşkilotlar va korxonalarda yiğilişlar ötkazişni taqiqlaş, zarur hollarda yiğilişlarni videokonferensaloqa rejimida ötkaziladi.