2020 yil 10 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar respublika miqyosida quyidagi karantin çeklovlari joriy etildi:

  • avtotransport vositalarining harakati çeklandi;
  • davlat organlari va taşkilotlarining asosiy iş faoliyatiga ta'sir etmagan holda qonunçilikda belgilangan tartibda mehnat ta'tiliga çiqarilişi, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) taşkil etilişi belgilandi;
  • davlat organlari, taşkilotlar va korxonalarda yiğilişlar ötkaziş taqiqlandi, zarur hollarda yiğilişlarni videokonferensaloqa rejimida ötkaziş belgilandi;
  • hududlar örtasida avtotransport vositalari qatnovi taqiqlandi (qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiruvçi taşkilotlarga tegişli xizmat va şaxsiy avtotransport vositalarining harakati bundan mustasno); 
  • tomoşa, madaniy-köngiloçar va boşqa ommaviy tadbirlarni ötkaziş taqiqlandi;
  • töy hamda boşqa oilaviy marosimlarni ötkaziş taqiqlandi;
  • 65 yoşdan oşgan şaxslarning jamoat joylarida, şuningdek, aholining köçalarda va maydonlarda uç kişidan ortiq bölib harakatlanişi çeklandi.

Şuningdek, quyidagi obektlar faoliyati töxtatildi:

  • parklar va istirohat boğlaridagi attraksionlar;
  • buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan şuğullanuvçi yirik dökonlar; 
  • sport zallari, fitnes klub, trenajyer va basseynlar; 
  • taşkiliy-huquqiy va mulkçilik şaklidan qat'i nazar maktabgaça ta'lim taşkilotlari, öquv kurslari va har qanday tögaraklar;
  • umumiy ovqatlaniş obektlari (restoran, kafe, oşxona, çoyxona) (yetkazib beriş (keytering) xizmati bundan mustasno);
  • sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar va boşqa dam oliş maskanlari;

Maxsus komissiya xalqaro aviaqatnovlar va yuk taşuvlar bilan boğliq yangi tartiblar belgilagan:

  • xalqaro aviaqatnovlar xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatni tahlil qilgan holda ikki baravarga qisqartiriladi;
  • xalqaro yuk taşuvlarni amalga oşiradigan avtotransport vositalari haydovçilari majburiy tartibda koronavirus infeksiyasini aniqlaş böyiça test topşiradi.