Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shotlandiyaning chekka hududlariga koronavirusga tahlillar dronlarda yetkaziladi
Britaniya hukumati koronavirusga testlarni Shotlandiyaning chekka hududlariga, jumladan orollariga yetkazishda dronlardan foydalanadi. Bu haqda Britaniya kosmik agentligi ma'lum qilgan.
Testlar va boshqa tibbiy buyumlarni yetkazish bilan dronlar yordamida yuk yetkazuvchi kompaniya Skypors Ltd. Sog‘liqni saqlash milliy xizmati (NHS) bilan birgalikda shug‘ullanadi. Yuklar Shotlandiyaning materikdagi qismidagi Argayl va Byut viloyatlaridan shotland orollariga va qirollikning chekka hududlariga jo‘natiladi.
Bu NHS va Yevropa koinot agentligining qo‘shma loyihalaridan biri bo‘lib, unga 1,4 mln dollar ajratilgan. Dasturning maqsadi sog‘liqni saqlash ehtiyojlari uchun koinot texnologiyalarini qo‘llash hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:50
CobraJet: sun’iy intellektli yangi dron-ovchi namoyish qilindi
10:15 / 06.07.2026
Britaniya davlat xizmatchilari akkauntlari hakerlik hujumiga uchradi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
15:20 / 09.06.2026