Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Fransiya mahsulotlariga 1,3 mlrd dollarlik boj to‘lovlarini joriy etadi
AQSh hukumati Fransiyadan keltiriladigan mahsulotlarga qo‘shimcha ravishda 25 foizlik boj kiritishni rejalashtirmoqda. Uning jami qiymati 1,3 mlrd dollarni tashkil etadi. Qo‘shma Shtatlarning savdo muzokaralaridagi vakili shunday ogohlantirishni e'lon qilgan.
2021 yil 6 yanvar kuni kuchga kiradigan qaror Parijning raqamli xizmatlar taqdim etadigan kompaniyalar, jumladan Amerika firmalarini soliqqa tortish rejasi bilan bog‘liq.
Ma'lum qilinishicha, muzokaralarda biror natijaga erishish uchun vaqt berish maqsadida qo‘shimcha boj joriy qilish qarori 6 oy keyin kuchga kirishi belgilangan.
Agar savdo muzokaralarida biror natijaga erishilmasa, Fransiyaning kosmetika mahsulotlari, sumkalari kabi mollariga qo‘shimcha boj kiritiladi.
Mavzuga oid
22:58 / 15.07.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga chiqariladi
18:51 / 15.07.2026
Tramp jinsiy zo‘ravonlik va tuhmat ishi bo‘yicha 5 million dollar to‘ladi
18:11 / 15.07.2026
Xitoy avtomobil bozori jahon reytingida 1-o‘rinni egalladi
11:20 / 15.07.2026