Iqtisodiyot | 13:37 / 12.07.2020
16946
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda pandemiya oqibatlarini yumshatish xarajatlari 6,1 mlrd dollarga baholandi

«Yuksalish» umummilliy harakati aholi, iqtisodiyot jabhalari va tadbirkorlik sub'yektlarini koronavirus pandemiyasi davrida qo‘llab-quvvatlash choralari qiymatini baholadi.

Koronavirus pandemiyasi davrida 2020 yil 9 iyul holatiga ko‘ra, aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir ko‘rilgan choralarning umumiy qiymati 62 593 mlrd so‘m (6,13 mlrd AQSh dollaridan oshadi) deya baholanmoqda.

Shundan:

  • Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi xarajatlari — 5 293 mlrd so‘m;
  • Coliq va bojxona imtiyozlari – 1 636 mlrd so‘m;
  • Coliqlar kechiktirilishi va jarimalarning vaqtincha to‘xtatilishi – 2 510 mlrd so‘m;
  • Bank sohasini qo‘llab-quvvatlash choralari – 48 215 mlrd so‘m;
  • Qurilish va taraqqiyot jamg‘armasi – 3 306 mlrd so‘m;
  • Iqtisodiyotning real sektorlarini qo‘llab-quvvatlash choralari – 1 632 mlrd so‘m.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun 1,7 trln so‘m yo‘naltirilgan. Mablag‘lar qanday maqsadlarga sarflandi?

  • 157,6 mlrd so‘m — tibbiy uskunalar va buyumlar xarid qilishga;
  • 385,9 mlrd so‘m — test tizimi, dori vositalari va shaxsiy himoya vositalari xarid qilishga; 
  • 257,6 mlrd so‘m — tibbiyot xodimlarini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish va maoshiga 6 foiz ustama to‘lashga;
  • 599,1 mlrd so‘m — karantin zonalari va maxsus shifoxonalar qurilishiga;
  • 299,8 mlrd so‘m — karantinda saqlanayotgan shaxslarni parvarishlashga.

Budjet mablag‘lari hisobidan 72 mlrd so‘mdan ziyodga tibbiy buyum va uskunalar sotib olindi. Ular:

  • 500ta sun'iy nafas oldirish apparatlari — 5,75 mln dollar (57,5 mlrd so‘m);
  • 60ta ultratovushli tekshiruv apparatlari - 648 ming dollar (6,5 mlrd so‘m);
  • 10ta polimeraz zanjir reaksiyasi apparati - 210 ming dollar (2,1 mlrd so‘m);
  • 60ta defibrillyatorlar – 280 ming dollar (2,8 mlrd so‘m); 
  • 90ta kardiomonitorlar – 180 ming dollar (1,8 mlrd so‘m);
  • 500ta pulsoksimetrlar – 125 ming dollar (1,2 mlrd so‘m).

Mavzuga oid