Öliş uçun kelmaydigan viruslar, sinovdagi dorilar va kutilayotgan ikkinçi tölqin – Nurmat Otabekov bilan intervyu (2-qism)
|20:56 / 13.07.202063 54910 min
Kun.uz Boş sanitariya inspektori Nurmat Otabekov bilan intervyu taşkil qilgan va uning birinçi qismi keça e'lon qilingan edi. Quyida intervyuning ikkinçi qismi e'tiboringizga havola etiladi.
Intervyuning uşbu qismida virusga qarşi sinovdan ötayotgan dorilar borasida Maxsus komissiyaga ma'lum eng işonçli xabarlar, pandemiyaning kutilayotgan ikkinçi jiddiy tölqini va unga qarşi Özbekistonning qay darajada tayyor ekanligi borasida söz boradi.
– Respublika Maxsus komissiyasi qarori bilan Özbekistondagi talabalar turar joylari karantinda saqlaş joylariga aylantirilişi haqida xabarlar paydo böldi. Şu haqda ma'lumot bera olasizmi?
– Karantin hududlari deganda nima nazarda tutiladi? Hozir respublikada 80 mingga yaqin odam kuzatuv ostida. Bular uy va statsionar şaroitda qamrab olingan. Asosiy maqsad nima? Karantinga olinganlarning soni doim köp bölişi kerak. Nima uçun bunday yöl tutiladi? Biron bemor biron jamoada qayd etilgan bölsa, şu jamoada bemor bilan muloqotda bölganlarning barçasi kuzatuv ostiga olinişi kerak. Bu epidemiologiyaning asosiy qonunlaridan biri. Kasallik manbaini jilovlaş kerak böladi. Kasallikning tarqalganlik darajasini aniqlaş uçun bemor bilan muloqotda böldi deb gumon qilingan aholi kuzatuvga olinadi. Har kuni respublika hududiga xorijdan hamyurtlar, har kuni mingdan oşiq fuqaro kirib kelyapti. Bular hali bemor emas, ammo ularning orasida kasallikka çalinganlar bölişi aniq. Şunday ekan, respublika komissiyasi bayonnomasida berilgan topşiriq har ehtimolga qarşi, karantinga joylaştiriş, kuzatuv ostiga oliş kerak bölgan aholi qatlami keskin ortib ketgan taqdirda, kuzatuvni uyuşgan holda statsionar şaroitida taşkil etiş uçun zaxira örinlarini kollej, litsey, oliy öquv yurtlari hisobidan tayyorlab qöyiş böyiça körsatma berilgan. Hozirça bunga ehtiyoj yöq. Lekin mabodo vaziyat şu tarzda ketib, kuzatuv ostiga olingan aholi soni keskin ortib ketadigan bölsa, u holda, bularga ehtiyoj böladi.
U yerda davolaş işlari amalga oşirilmaydi. Karantinga qöyilganlarning tana harorati ölçanadi, ulardan namunalar olinadi, laboratoriyalarda tekşiriladi, 10 kun davomida kuzatiladi. 10 kun davomida ularda kasallik belgilari bölmasa, laboratoriya xulosalari manfiy bölsa, öşa kunning özida ular karantin hududidan çiqariladi.
Körinib turibdiki, kasallikka gumon qilinganlarni yoki kasallik böyiça noxuş joylardan kelganlarni uyuşgan holatda kuzatuv ostiga oliş maqsadidagina bu işni qilyapmiz. Bu özini oqlagan usul. Balki yotoqxonalardan bu maqsadda foydalanişga ehtiyoj bölmas. Lekin xalqimizda bir gap bor: “Qişning ğamini yozda yeyişimiz kerak”. Negaki vaziyat murakkablaşgandan keyingina bu işga qöl urilsa, şoşib qolişimiz mumkin. Albatta, aynan qiyin holatlarning oldini oliş maqsadida bu tayyorgarlikni körib qöyişimiz kerak böladi. Nazarimda, bu eng maqbul yöl.
– Dunyoning yirik axborot saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infeksiyasini davolaşda foydali, deya baholanayotgan dorilar yoki ularning sinovi töğrisida turli xabarlar e'lon qilinmoqda. Bu borada çiqayotgan har bir xabar bizga virusning davosi bor degan umid uyğotyapti.
Xöş, Maxsus komissiyaga bu borada qanday rasmiy xabarlar ma'lum?
– Koronavirus bilan salkam 10 oydan beri kuraşib kelyapmiz. Fikrimça, bundan buyoğiga ham bu kabi xabarlar köpayib boradi. Izlanişlar olib borayotgan nufuzli institutlar, olimlar guruhlari natijalar olişni boşlaydi. Har xil internet manbalari, har bir çiqiş haqida fikrim ijobiy emas. Misol, bugun tongda pnevmoniya koronavirus asorati emas, boşqa qözğatuvçi bilan çaqirilgan kasallik, degan xabar tarqaldi. Lekin keçga yaqin bu asossiz ekanligi, bemorlar koronavirus bergan asoratlardan aziyat çekayotgani, yangi qözğatuvçi emasligi haqida xabar berildi. Yana bir misol, ikkinçi, uçinçi tölqinlar haqida gapirilyapti, Qozoğistonga kelgan rossiyalik olimlar esa hali birinçi tölqinni eplab ololmayotganimizni aytişyapti.
Katta axborot oqimi bölgan zamonda hammaning gapiga quloq soladigan bölsak, vaziyatning boş-oyoğini topa olmay qolamiz. Asosiy fikrimiz faqatgina Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining ma'lumotlariga asoslanişi kerak.
Vaksina işlab çiqilib, klinik sinovlardan ötsa va samaradorligi tan olinsa, JSST uni tan olib, amaliyotda qöllaşga ruxsat beradi.
Yangi dori vositalari ham samaradorligi isbotlanib, JSST tan olsa, ular davolaş protokollariga kiritiladi va bizning amaliyotimizga ham kirib keladi. Şunday ekan, Özbekistondagi davolaş usullarini boşqa davlatlardagi davolaş usullari bilan soliştiradigan bölsak, juda katta farqlar bor. Hozir har bir davlat öz tajribasidan kelib çiqyapti. Özbekistonda uşbu kasallikdan ölim körsatkiçi 0,4 foizmi, demak, Özbekistonda qöllanilayotgan davolaş standartlari, menimça, Italiya, Ispaniya, AQŞ yoki boşqa davlatlarning davolaş standartlaridan köra yaxşiroq. Negaki ularda ölim körsatkiçi 15-17 foizga yetgan paytda, bizda bu körsatkiç 0,4 foiz. Har bir davlat özining virusli kasalliklar bilan kuraşi asosidagi kuzatuvlari asosida standartlarini işlab çiqyapti.
Bizning eng katta yutuğimiz – bemorlarni tezda davolayapmiz. Yevropa davlatlariga öxşab faqat eng oğir bemorlarni davolaş yoki kimni qutqara olsang, faqatgina uni davola degan körsatma bizda bölmayapti. Kasallikka çalinganlarni şifoxonaga erta yotqizib, buyoğiga ambulatoriya şaroitida erta davolaşni boşlasak, hali klinik belgilar paydo bölmasdan davoni boşlasak, albatta, samara böladi.
Köp davlatlar hozirgaça katta miqdorda işlatib kelgan preparatlardan foydalanişni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti töxtatişni tavsiya qildi. Körinib turibdiki, biz hali izlanişdamiz. Bir töxtamga kelib, samara isbotlanganidan keyin JSST öz bayonnomalarini beradi.
– Köpçilik olimlar kuzga borib virusning ikkinçi jiddiy tölqini kötarilişini taxmin qilişyapti. Özbekiston bu tölqinga qançalik tayyor?
– Özbekistonda pandemiya borasida katta tajriba orttirildi. Ba'zilar kun isiganda kasallik kamayadi, deyişgandi, lekin bunday bölgani yöq. Namlik yuqori bölgan fasllarda vaziyat yana murakkablaşişi ham mumkin.
Virus quruq va issiq havoda öladi. Virus hujayra içida yaşaydigan parazit. Hujayra qurib qoldimi, içidagi virus ham öladi. Issiq, quruq havo virusni öldirişi aniq. Buni isbotlab ötiriş, kim bilandir bahslaşişning keragi ham yöq. Lekin bizda mana şunday issiq böla turib kasallikning avj olib ketişiga boşqa sabablar bölyapti. Biz virusni qölma-qöl qilyapmiz. Muloqotimiz şu darajada köpayib ketdiki, virusni bir-birimizga qölma-qöl qilib uzatyapmiz, yuqtiryapmiz. Virusning köçaga çiqib, quruq va issiqda ölişi uçun şaroit qiliş kerak.
Taşqaridan virusni qidirsak, topmasligimiz mumkin. Lekin yopiq binolar, odamlar köp muloqot qiladigan joylar – jamoat transportidan tortib, savdo majmualarigaça – bu yerlarda odamlar muloqotni haddan taşqari köpaytirişyapti. Bizda epidemiyaga qarşi karantin tadbirlariga rioya etiş bölmagani uçun ham vaziyat izdan çiqyapti. Virus taşqi muhitda ham uzoq vaqt saqlanişi mumkin bölgan nam havo hukm sura boşlasa, vaziyat bundan ham jiddiy bölişi mumkin.
Masalan, kasallikning hozirgi tarqaliş tempida ob-havo salqin kelib, namlik yuqori bölganda, hozirgi kasallaniş körsatkiçi bir neça baravar yuqori bölişi mumkin edi. Hali ham tabiat bizga yordam beryapti. Kuzga qadar aholining özida virusdan himoyalaniş uquvini şakllantiramiz, ijtimoiy immunitet paydo böladi.
Epidemiologiyada bir qonun bor – kasallikning öçoğida bölsak, kasallikni yuqtirmagan bölsak ham unga qarşi immunitet hosil böladi. Biz öşa viirusni olamiz. Virus – antigen organizmga tuşdimi, organizm unga munosabat bildiradi, unga qarşi antitanaçalar işlab çiqaradi. Immun tizimining javob reaksiyasi xotirada muhrlanadi. Ma'lum vaqt ötgaç, bu virus yana tuşsa, tana uni oddiy respirator kasallikdek qabul qiladi. Gripp, renovirus, paragripplar bilan birga yaşagandek, koronavirus bilan ham birga yaşaşimiz kerak böladi.
Yana bir jihat, viruslar heç qaçon özi uçun boşi berk köça tanlamaydi. U yuqqan odam hayotdan köz yumsa, virusning özi ham öladi. Demak, virusga bu narsa kerak emas, u naslini davom ettirişi kerak. Buning uçun odam uning borligi bilmasligi, sezmasligi kerak, şunda virus tanada xotirjam yaşay oladi. Qaçonki odam virus organizmga tuşganini bilib, unga qarşi kuraşa boşlar ekan, virusga buning keragi yöq. Tabiatda özini saqlaş instinkti atamasi bor. Biz ham ma'lum muddatdan keyin bu virus bilan yaşaşga moslaşamiz.
Epidemiologiyada “yuqumli kasalliklar qoliş uçun keladi”, degan gap bor. Virus qayerdan kirib kelganidan qat'iy nazar, qoliş uçun kelgan. Biz virus bor muhitda yaşaş, şunda ham kasallikka çalinmasdan qola biliş iqtidorini özimizda şakllantira olişimiz kerak.