Qoniqarsiz koll-markaz, immunitetni kötariş yöllari va uyda davolaniş tartibi - Nurmat Otabekov bilan suhbat (1-qism)
|19:56 / 12.07.202078 12112 min
Kun.uz Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boşliği Nurmat Otabekov bilan telefon orqali intervyu taşkil etib, ayni kunlarda dolzarb bölib turgan qator savollarga javob oldi.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Ma'lumki, Maxsus komissiyaning iyul oyidagi 33-sonli yiğiliş qarori bilan ayrim bemorlarning öz uyida davolanişi belgilangan edi. Ammo bugun fuqarolardan kelayotgan köplab murojaatlarga köra, kasallik yuqtirgan va uyda qolib davolanayotgan bemorlarning 1003 koll-markaziga qilgan aksar qönğiroqlari javobsiz qolmoqda.
Bundan taşqari, soatlab kutilgan javobdan keyin ham markaz bilan boğlanilganda, u yerdagi mutaxassislar bemorlarni qoniqtiradigan darajada kerakli maslahatni bera olişmayapti. Markaz tomonidan körsatilayotgan xizmat sifati bilan bugun heç kim qiziqmayapti, u öz holiga taşlab qöyilgan.
Nurmat Otabekovga ilk savolimiz şu xususda böldi.
«Aslida ma'lumotlar markazi faoliyati bilan boğliq masalalarga mening baho berişim qiyin. Negaki, bu markaz Soğliqni saqlaş vazirligi qoşida taşkil qilingan.
Ma'lumotlar markazi faoliyatini taşkil böyiça vazirlikning 176-sonli buyruği çiqqan. Şuningdek, uşbu buyruqqa muvofiq, koronavirus kasalligiga çalingani tasdiqlangan va kasalligi klinik belgilarsiz keçayotgan bemorlarni uy şaroitida hamda hududiy poliklinikalar nazorati ostida davolaşga ham ruxsat berilgan.
Albatta, bemorlarning uyda davolanişini taşkil qilişdan maqsad odamlar uçun qulaylik yaratiş. Bilasiz, Özbekiston bir neça oydan buyon koronavirus kasalligi bilan kuraşib kelyapti. Mana şu davr mobaynida biror klinik belgilarsiz 14 kun şifoxonada va yana 14 kun reabilitatsiyada yotib çiqqanlar böldi. Şunday ekan, hozirgi vaqtda bu çora kasallika çalinganlar soni ortib borayotgani, qolaversa, kasalligi klinik belgilarsiz ötayotgan fuqarolarni uy şaroitida davolaş mumkinligini inobatga olib qöllanmoqda. Mobodo bemorning ahvoli oğirlaşsa yoki boşqa jiddiyroq holatlar kuzatilsa, biz uni tezda şifoxonaga olamiz.
Bundan taşqari, biz uşbu çorani qöllaş orqali joy bilan boğliq tanqisliklarning oldini olişga harakat qilyapmiz.
Haqiqatan ham, koronavirus bilan zararlanişning klinik belgilari 14 kun mobaynida kuzatilişi aytilgan. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ham bu boradagi fikrini hozirça özgartirgani yöq. Lekin Özbekistondagi holatlardan körinyaptiki, kimgadir kasallik yuqqan bölsa, uning namoyon bölişi uçun 10 kun muddat yetarli hisoblanadi.
Virus bilan zararlanganlar orasida 11-12-kunlarga kelib klinik belgilari paydo bölgan bemorlar kamdan-kam kuzatilyapti», – deya javob berdi Nurmat Otabekov.
— Albatta, bu masalaga yana qaytamiz. Hozirgi bergan savolim esa 1003 ma'lumotlar markazining qoniqarsiz faoliyati borasida edi. Hozir kuzatilayotgan oğir holatdan kelib çiqib, bu markaz faoliyatini takomillaştiriş zarurati yuzaga kelmoqda.
Mavzuga oid
Markaz bilan boğlaniş imkoniyatini osonlaştiriş va u yerdagi tajribali, bilimli mutaxassislarni köpaytiriş zarurati,markaz faoliyati bugun odamlarni umuman qoniqtirmayotganiga izoh bersangiz.
— Soğliqni saqlaş vazirligining men yuqorida aytgan buyruğida 2 kun muddatda uyda davolaş böyiça kerakli tartib va guruhlar faoliyati yölga qöyilişi belgilangan. Bunda kasallik holati hisobotlarini yuritiş böyiça alohida va kasallikka çalinganlar böyiça alohida tartib işlab çiqiş böyiça topşiriq berilgan. Hozir mana şu tartiblar hammasi işlab çiqildi. Lekin şu bilan birga ma'lumotlar markazidagi xodimlar bu tartiblardan töla xabardor bölib, uni töliq anglab yetolmagan bölişi mumkin.
Albatta, bu amaliyot Özbekistonda birinçi bor qöllanilayotgani uçun odamlarda bu borada savollar juda köpayib ketmoqda. Lekin men sizning fikrlaringizga qöşilaman. Çunki bizga ham bu borada turli murojaatlar va tanqidlar kelib turibdi. Demak körinadiki, ma'lumotlar markazining faoliyatini takomillaştiriş, unga sohani yaxşi bilgan, bemorlarga kasallikdan davolaniş bosqiçlarini töğri tuşuntirib beradigan mutaxassislarni jalb qiliş kerak.
Men aniq bilaman, ma'lumotlar markaziga kimdir telefon qilib öz savoliga köngildagidek javob ololmas ekan, u taajjublanadi. Keyinçalik tizimdan norozi böladi. Ayniqsa hozir – vaziyat oğirlaşgan, odamlar sarosimaga tuşayotgan paytda bu markazning faoliyati tubdan yaxşilanişi kerak.
Koronavirusdan uyda davolanayotgan odamlarga yetarli ma'lumot beriş borasidagi kerakli topşiriqlar Maxsus komissiyaning ketma-ket imzolangan 31, 32, 33, 34, 35-sonli yiğiliş bayonnomalarida ham körsatilgan.
Komissiyaning oxirgi yiğiliş bayonnomalaridan birida keltiriladiki, biz agar lozim bölsa, tibbiyot sohasida işlagan, tajribali şifokorlar bilan şartnoma tuzib, ularni kasallikka qarşi kuraş sohasiga qayta jalb qilişimiz mumkin. Bular 1-2 kun içida bartaraf etiladigan holat.
Tuşuning, Ilyosbek, Özbekiston tibbiyoti bu borada endigina tajriba orttiryapti, tajribamiz endigina oşyapti.
— Maxsus komissiyaning yuqorida aytilgan qarorida uyda davolanayotganlar holidan xabar oliş, ularning davolanişiga yordam beriş uçun mobil guruhlarni taşkil qiliş vazifasi yuklatilgan edi.Xöş, bu qanday guruh? U qanday tizimda işlaydi? Uning ham faoliyati afsuski, köp sohalarda bölgani kabi xöjakörsinga bölib qolmaydimi?
— Bizda hozir nafaqat mobil guruhlar taşkil qilinyapti, balki viloyatdagi tibbiyot muassasalari mutaxassislariga kasallikni davolaş yöllari va profilaktikasi böyiça maslahatlar berib turilibdi.
Şuningdek, Soğliqni saqlaş vazirligining 176-sonli buyruği bilan har bir viloyatga maxsus tibbiyot xodimlari, ya'ni olimlar va professorlar biriktirilgan.
Endi mobil guruhlar haqida. Mobil guruhlarning ikkita toifasi bor. Birinçisi – bemorlarning uyda yoki statsionar şaroitda davolanişini hal qiluvçi guruh. Bu guruhda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi vakillari, QVP vakillari va vraç-infeksionist böladi. Ular birgalikda saralaş guruhi vazifasini bajaradi. Bu – bemorlarni qayerda davolanişi kerakligi böyiça xulosa beruvçi guruhdir.
Ikkinçisi – faol mobil guruh. Bu guruh buyurtmani oilaviy poliklinikalar, QVP va markaziy poliklinikalardan oladi. Demak, bemorlar uyda davolaniş barobarida kasallikning biror-bir klinik belgilarini sezsa, ya'ni tana xarorati kötarilsa, tana qaqşab oğrisa, poliklinikalarga murojaat qiladi. Poliklinikalar mobil guruhga murojaat qiladi. Guruh vakillari esa öz navbatida bemorning uyiga yetib boradi. Vaziyatni közdan keçirib, bemor ahvolini baholab, agar lozim topsa, tez yordam avtomaşinasida şifoxonaga ötkazadi. Bemorning qolgan oila a'zolari bilan bilan muloqotda bölgan-bölmaganini tekşirişni nazoratga oladi.
Mobil guruhning vazifasi kundalik kuzatuvdan farqli ölaroq, faqat malakali tibbiyot xodimlarining malakali maslahati zarur bölgandagina işga tuşiş. U har bir tuman va şahar tibbiyot birlaşmasida tuziladi.
Mobil guruhlar bir neçta bölişi mumkin. Bu kelib tuşayotgan buyurtmalar soniga va xizmat körsatiş radiusidan kelib çiqqan holda tuziladi.
— Bu borada ma'lum tajriba orttirdik, deya ta'kidlab ötdingiz. Ayting-çi, kasallikdan himoyalaniş uçun sanitar-gigiyenik qoidalarga amal qilişdan taşqari (bularni odamlar yodlab ham olişdi), yana qanday çoralar köriş lozim? Iste'mol qilinişi kerak bölgan mahsulotlar, ovqatlaniş qoidalari, kerakli dori va boşqa vositalarni nazarda tutyapman.
— Albatta, dori-darmon haqida gap ketganda fuqaro kasallik yuqtiradigan bölsa, öz hududidagi şifokordan maslahat olişi kerak. Öşa şifokor biladi bemordagi haqiqiy holatni. Har bir şaxs alohida individ.
Lekin biz aniq bilamiz, aytganingizdek, ehtiyot çoralari haqida şunçalik köp gapirdikki, uni odamlar yodlab oldi. Endilikda biz immunitetni kötaradigan, inson immun tizimini barqaror uşlaydigan vositalar haqida köproq ma'lumot berişimiz kerak.
Biz bu borada tajribamizdan aniq bilamizki, inson öz imunitetini mustahkamlaşi uçun töyib uxlaşi, yaxşi dam oliş, xotirani jamlaşi, ortiqça asabiylaşmaslik, töyib ovqat yeyişi (me'yorni buzmagan holda) va jismoniy maşqlar bilan şuğullanişi hamda zararli odatlardan (içkilik, çekiş va h.k.) voz keçiş kerak.
Yana bir kerakli maslahat: Özbekistondagi har bir maysa bu giyoh. Buni heç qaçon inkor qiliş kerak emas. Özbekiston şaroitidagi damlamalar, yani u peşob haydaydiganidan tortib öt suyuqligini haydaydigan, oşqozon içak tizimini yaxşilovçi, ovqat-hazm qiliş jarayoniga ijobiy ta'sir qiladigan, qöyingki, har bir kasallikda davo hisoblanadi.
Giyohlardan tayyorlangan damlamalarni, turli mevalarni köproq iste'mol qiliş. Bularning barçasi bizning immun tizimimizga ijobiy ta'sir qiladi. Bir narsani e'tibordan çetda qoldiriş kerak emas, bizda turli giyohlardan tayyorlangan va juda arzon narxda sotiladigan damlama va dori vositalari köp.
Ahamiyat beradigan bölsak, ösimliklardan tayyorlangan vositalar bizning amaliyotimizda keskin kamayib ketgan. Biz asosan kimyoviy yöl bilan olingan dorilarni qabul qilyapmiz. Bu juda zararli. Borib-borib qaysidir organlarimizga albatta zarar yetkazadi.
Şunday ekan, biz turli ösimliklar: na'matakdan tortib, kiyik öti, makkajöxori tuklari, romaşka guli va ayniqsa toğda ösadigan dorivor ösimliklarni iste'mol qilişni kanda qilmasligimiz kerak. Imkon qadar kimyoviy dori vositalardan foydalanmaylik.
Insonning hatto içadigan suyuqliklari tarkibida ham damlamalar bölişi kerak.
Tabiat ne'matlaridan uzoqlaşmaslik kerak. Masalan, isiriq ösimligining ham foydasi juda katta.
Bundan taşqari, oddiy yonğoqni oling, u miya töqimalari faoliyatini yaxşilaydi. Örik va uning turşagi yurakka darmon.
— Virus yuqtirgan va öz uyida davolanayotganlar-çi? Ular qanday çoralarni körişi kerak? Hozir Özbekistondagi köplab bemorlar va ularning yaqinlari aynan şunday tavsiyaviy qöllanmalarning mavjud emasligidan norozi bölişmoqda.
Tasavvur qiling, har xil oilalar bor. Homilador va yoş bolali ayollar, qariyalar, kasallar, köp qavatli uyda va juda yaqin masofada turib yaşaşga majburlar.
— Kasallikka çalinib uyda davolanayotgan bemorlar uçun qöllanma tayyorlaş jarayoni yakuniga yetgan. Hozir uni barça taşkilot va vazirliklarga yetkaziş uçun köpaytiriş jarayonlari ketyapti. Albatta, bu hammaga yetarli miqdorda böladi. Aholiga esa OAV, jumladan, internet saytlar va ijtimoiy tarmoqlar, yirik auditoriyaga ega telegram kanallari orqali yetkazmoqçimiz.
Men kasallikka çalinib uyda davolanayotgan bemorlarga bir jihatni eslatmoqçiman. Ular avvalo organizmida virus borligini bir daqiqa bölsin yoddan çiqarmasligi kerak. Ikkinçidan, kasallik ularning oila a'zolariga hali yuqib ulgurmagan bölsa, uni yuqtirib qöyişdan jiddiy saqlaniş kerak. Bemorlar özini imkon qadar alohidalaşi kerak.
Lekin uyda şaroit bölmasa va kasallik klinik belgilarsiz keçayotgan bölsa, bunday paytda yuqoridagi guruh qaror qiladi. Ya'ni u balki statsionar davolanişga olinişi kerakdir. Negaki, ayrim bemorlarning uy şaroitida davolaniş imkoniyati yöq va uni oila a'zolariga yuqtirib qöyişi mumkin.
Bundan taşqari, hozir bizda virusdan ehtiyot bölişning eng samarali yöli sifatida doka niqob taqiş, ijtimoiy masofa saqlaş va odamlar töplangan joyga bormaslik bölib turibdi.
Şuningdek, karantin muddatini töla ötaş – kasallikdan tuzalib ketiş va uni boşqalarga yuqtirmaslikning yagona imkoniyati. Albatta, odamlar şifoxonaga yotadigan bölsa, ularda şunga yaraşa qandaydir noqulayliklar ham kelib çiqadi. Begona muhit, begona şaroit va begona odamlar.
Kasallikni yuqtirganlar, ularning qança vaqt uyda qolişi, qança vaqtga çiqişi haqida mobil guruh boş qotiradi.
Hozir biz tayyorlagan hujjat böyiça uydagi kuzatuv muddati 10 kun qilib belgilangan. Davolaş 10 kun davom etadi. Undan keyin bemor test topşiradi va natija manfiy çiqsa, kuzatuv bekor qilinadi. Söng bu odam bemalol işga çiqaverişi mumkin.
— Demak, bemor töla davolanib çiqiş uçun 10 kun töla yetarli muddat?
— Albatta. Yuqorida aytganimdek, Özbekiston şaroitida kasallik taşxisi qöyilganlar, kasallikning yengil formasi bilan zararlanganlar 8 kunda töliq davolanib ketyapti.
Aytilgan tavsiyalarga töla amal qilinsa, virus yuklamasining ortib ketişiga yöl qöyilmasa, kasallik tezda davolansa, bemorning organizmida asorat qolmaydi. Bundan töğri xulosa qiliş kerak.