Jahon | 20:02 / 14.07.2020
7170
1 daqiqa o‘qiladi

Emmanuel Makron koronavirusning Fransiyaga qaytayotgani belgilari haqida gapirdi

Fransiyada koronavirus yuqishi epidemiyasining yangilanishi belgilari ko‘zga tashlanmoqda, mamlakat kasallanishning yangi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: REUTERS/Gonzalo Fuentes

Le dauphine nashriga ko‘ra, 14 iyul, seshanba kuni kuni respublika prezidenti Emmanuel Makron shunday bayonot bilan chiqish qilgan.

«Biz virusni tiya oldik, normal hayotga ham qaytdi, — degan Makron, — Bizda bu yana boshlanishi haqida belgilar bor».

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda individual himoya vositalari, jumladan niqoblar va respiratorlar zaxirasi yaratilgan. Fransiya prezidenti respublika infeksiya tarqalishiga qarshi kurashish borasida katta tajribaga ham ega.

Makron 1 avgustdan boshlab yopiq jamoat joylarida majburiy niqob rejimi joriy etilishini e'lon qildi.

Wordometer xalqaro statistik byurosining ma'lumotlariga ko‘ra, Fransiyada COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan buyon 172 377 kishi kasallangan, 30 029 kishi vafot etgan, 78 597 bemor tuzalgan.

Mavzuga oid