Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Fransiyaga boradi

Foto: Prezident matbuot xizmati/Arxiv
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan joriy yilning 21-22 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot-xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturida Parij shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar, Fransiya Parlamentining quyi palatasi – Milliy yig‘inida uchrashuv hamda ushbu mamlakatning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari ishtirokida ishbilarmonlik tadbirlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, faol gumanitar va ta’lim almashinuvlarini davom ettirish masalalari o‘rin olgan.
Sammit yakunida o‘ndan ortiq muhim ikki tomonlama hujjatlar, shuningdek, investitsiya bitimlari va savdo shartnomalari to‘plamining qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Ta’kidlash joizki, tashrif kunlari Fransiya poytaxtidagi jahonga mashhur Luvr muzeyi va nufuzli Arab dunyosi institutida mamlakatimizning boy madaniy va tarixiy merosiga bag‘ishlangan noyob ko‘rgazmalar ochiladi.
Bundan tashqari, shu kunlarda Parijda Fransiyaning «MEDEF» tadbirkorlar harakati ko‘magi bilan tashkil etilgan biznes forum bo‘lib o‘tmoqda.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Polsha Janubiy Koreyadan 180 ta tank sotib oladi
Jahon | 19:21
-
Shavkat Mirziyoyevning Ozarboyjonga tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 19:18
-
IShID va ash-Shar’aning maqsadlari ayro, Suriyadagi o‘zbeklar-chi?
Jahon | 19:10
-
8–10 avgust kunlari Xiva shahrida an’anaviy “Qovun sayli” bo‘lib o‘tadi
Jamiyat | 19:00
Mavzuga oid

22:35 / 03.07.2025
Fransiyada aviadispetcherlar ish tashlash e’lon qildi. Bu Yevropada 1,5 mingta reysning bekor qilinishiga olib keladi

13:36 / 03.07.2025
Anorbank aksioneri Parijda o‘g‘irlab ketildi. Tafsilotlar

07:31 / 27.06.2025
Fransiya Isroil tomon yo‘l olgan Eronning 10 ga yaqin dronini yo‘q qilgan

13:41 / 26.06.2025