Jahon | 23:31 / 14.07.2020
1756
2 daqiqa o‘qiladi

Norvegiya Yevropaning 20 dan ortiq mamlakatiga chegaralarini ochadi

Norvegiya hukumati 15 iyuldan Yevropaning 20 dan ortiq mamlakatiga safar qilish bo‘yicha cheklovlarni bekor qildi. Bunday cheklovlar mart oyida koronavirus bois joriy qilingan edi. Bu haqda Norvegiya hukumati axborot xizmati xabar qilmoqda

“15 iyuldan Yevropa iqtisodiy hududi va Shengen hududining ayrim mamlakatlari safar qilish tavsiya etilmagan davlatlar ro‘yxatidan chiqariladi”, - deyiladi xabarda. 

Ro‘yxatda 21 davlat, jumladan Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Ispaniya, Italiya, Polsha, Fransiya, Chexiya va boshqalar bor. Endilikda, mazkur davlatlar va Norvegiya o‘rtasida bordi-keldi uchun karantinda o‘tirish talab etilmaydi. 

Avvalroq, Norvegiya Finlandiya, Daniya va Islandiya bilan chegaralarini ochgan edi. 15 iyuldan Shvetsiyaning 3 mintaqasi - Bleking, Krunuberg va Skone hududlariga borish mumkin.

Ayni vaqtda Norvegiyada koronavirusga chalinganlar soni 8 984 kishiga yetdi. So‘nggi hafta ichida virusni yuqtirib olganlar soni kuniga 15ta yangi holatdan kamni tashkil etdi. Mamlakatda 253 kishi koronavirus qurboniga aylandi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid