Jahon | 14:53 / 14.07.2020
2697
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda maktablarga birinchi chorakda masofadan o‘qitish tavsiya etildi 

Foto: 24.kz

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi mavsumiy shamollashlar va koronavirus bilan bog‘liq noxush vaziyat sababli yangi o‘quv yilining birinchi choragini masofaviy rejimda o‘tkazishni tavsiya etdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Tsoy ma'lum qildi.

 Vazirning ma'lumot berishicha, mamlakatda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 61755ta holat qayd etilgan, buning 1700dan ortig‘i bolalarga to‘g‘ri keladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, maktablarda odatiy o‘quv yilining boshlanishi bolalar o‘rtasida kasallikka chalinish holatlari o‘sishiga va infeksiya tarqalishiga olib keladi.

13 iyul kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev hukumat komissiyasi karantin rejimini yana ikki haftaga uzaytirganini e'lon qildi. Bosh vazir Asqar Maminning ma'lum qilishicha, keskin cheklov choralari 20 iyuldan 2 avgustgacha uzaytirildi.

Qozog‘istonda 16 martdan 11 maygacha cheklov choralari joriy etilgandi. So‘ngra cheklovlar bir necha marta uzaytirildi. So‘nggi bor 5 iyuldan ikki haftalik karantin choralari kiritilgandi.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid