Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 15 iyuldan xorijdan kelayotganlar uchun 2 haftalik karantin bekor qilinadi
Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova Rossiyaga keluvchi fuqarolar uchun ikki haftalik majburiy karantin bekor qilinadigan qarorni imzoladi.
Endilikda barcha rossiyalik fuqarolar Rossiyaga kelgandan keyin 3 kun ichida koronavirusga PsR-test topshirishlari kerak bo‘ladi. Ish beruvchilar xorijga chiqayotgan xodimlarini Rossiyaga qaytganlaridan keyin bunday tahlilni topshirishlari kerakligi haqida xabardor qilishlari shart qilib qo‘yildi.
Rossiyaga kirib kelayotgan xorijiy fuqarolar esa chegarada koronavirusga manfiy tahlil topshirganlari haqidagi ma'lumotnomani taqdim qilishlari kerak bo‘ladi. Ma'lumotnoma rus yoki ingliz tilida bo‘lishi kerak. Unda fuqaro Rossiyaga kelishidan ko‘pi bilan uch kun oldin polimer zanjir reaksiyasi (PsR) usuli bilan olingan tahlili manfiy chiqqani tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Shuningdek, xorijiy fuqaroda koronavirusga qarshi immunoglobulin G antitanalari (lgG) aniqlangan bo‘lsa, chegarani kesib o‘tayotganida buni tasdiqlovchi tibbiy hujjatlarni ko‘rsatishi lozim.
Agar xorijiy fuqaroda koronavirusga tahlili manfiy chiqqanini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmasa, unda u Rossiya hududida 3 kalendar kuni ichida koronavirusga tahlil topshirishi shart bo‘ladi. Ta'kidlanishicha, tahlil uchun to‘lov Rossiya qonunchiligiga asosan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
20:36 / 09.07.2026
Putin Ukraina bilan vaziyatni yanada keskinlashtirishga tayyor - OAV
18:02 / 09.07.2026
“O‘g‘limni izlab Moskvaga bordim” – urgutlik otaning iztirobda o‘tgan kunlari
09:58 / 09.07.2026