Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sizni o‘zgarishga majbur qiluvchi original ijtimoiy posterlar
Originallik, kreativ yondashuv – faqatgina tijoriy emas, balki turli umumbashariy va ma'naviy prinsiplarga chaqiruvchi ijtimoiy reklamalar uchun ham qo‘llansa, ularning samaradorligi bir necha karraga ortadi.
Quyida noodatiy tarzda ishlangan ijtimoiy reklama posterlari jamlanmasini taqdim etamiz.
Colgate firmasi tomonidan ishlangan suvni tejashga chaqiruvchi ijtimoiy reklama: «Siz tish yuvayotib, ikki daqiqada sarflab yuboradigan suv kimningdir ikki kunlik ehtiyojini qondirishi mumkin».

«Tezlik – o‘limga olib boradi». Avtomobil tezligini oshirish norasidalar hayotiga zomin bo‘lishi mumkin.

«Ochlarni to‘ydirish qiyin emas». Muhtojlarga ko‘mak berish zaruratini eslatib turuvchi poster.

Mashina boshqarayotganda telefonda suhbatlashish halokatli bo‘lishi mumkin. Eri avtomobil boshqarib ketayotganini bilsa-da, suhbatni tugatishga shoshilmaydigan rafiqalarga mo‘ljallangan poster.

Himoya kamarini taqing – umringizga erta nuqta qo‘ymang.

Metroda homilador va yosh bolali ayollar, keksalarni ko‘rganda ko‘zini yumib, o‘zini uxlaganga soladiganlar uchun eslatma. «Soqol qo‘yish seni haqiqiy erkakka aylantirib qo‘ymadi».

Chiqindini payqash uchun u qanchalik katta bo‘lishi kerak?!

Suv resurslarini avaylashga chaqiruvchi poster.

Chekish fashizmdan ham ko‘ra ko‘proq o‘limga sabab bo‘lishi mumkin.

Ba'zi muammolarni yashirib bo‘lmaydi. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikdan ogohlikka chaqiruvchi poster.

Tabiatga zarar yetkazish – hayotlarga zarar yetkazish demak.

Donor bo‘lishni targ‘ib qiluvchi reklama. «Hammada bir yaxshilik bor». (Hatto Hitlerda ham).

Mavzuga oid
20:05 / 13.03.2026
Rossiyada Telegram'da reklama joylashtirish noqonuniy deb ataldi
11:02 / 21.01.2026
Toshkentda hind tilidagi reklama noqonuniy o‘rnatilgani aniqlandi
22:42 / 18.01.2026
ChatGPT’da reklama paydo bo‘ladi
09:38 / 06.01.2026