Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
15 iyuldan ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlariga qabul boshlanadi
Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug‘i asosida, 2020 yilning 15 iyulidan 15 avgustiga qadar vazirlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlariga 2020/21 o‘quv yili uchun qabul e'lon qilindi.
Qabul jarayonlari koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq pandemiya sharoitida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilingan holda tashkil etilib, kasbiy (ijodiy) imtihonlarning adolatli va shaffof o‘tkazilishini ta'minlashga alohida e'tibor qaratiladi.

O‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida, maktab-internatda o‘qish istagida bo‘lgan o‘quvchilarning hujjatlari joriy yil 15 iyuldan 15 avgustga qadar (shu kuni ham) ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari hamda respublikamizda mavjud tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlarida qabul qilinadi.
Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida buyruq chiqqan kundan boshlab uch kun muddatda tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari hamda ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari binosida maktab-internatda o‘qish istagida bo‘lgan o‘quvchilar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish uchun haftaning dushanba-shanba kunlari soat 9:00dan 18:00gacha (joriy yil 1 sentyabrgacha bo‘lgan muddatda) ishlaydigan murojaatlar markazi (koll-markaz) faoliyati tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlariga 2020/21 o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar joriy yil 20 avgustdan 30 avgustga qadar o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlariga 6-sinfni tugatib, 7-sinfga o‘tgan sportchi yoshlar qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefon:
(71) 239-24-14
(99) 886-84-00

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati
Mavzuga oid
20:18 / 14.01.2023
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
02:32 / 12.02.2021
O‘zbekistondagi sport inshootlarining bir kunlik quvvati qariyb 1,5 mln kishini tashkil etadi - Adliya vazirligi
00:18 / 12.02.2021
O‘zbekistondagi maktablarning 22,5 foizida sport zallari yo‘qligi ma'lum qilindi
19:17 / 22.12.2020