Jahon | 11:28 / 15.07.2020
6280
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikaning yirik banklari AQSh neftgaz sektorini moliyalashni boykot qilmoqda

Foto: AP Photo/Jae C. Hong

Amerikaning yirik banklari AQSh monopoliyaga qarshi qonunchiligi talablariga zid ravishda mamlakatning neftgaz kompaniyalarini kreditlashdan bosh tortmoqda. Mazkur soha kompaniyalari uglevodorod xomashyosi va koronavirus pandemiyasi oqibatida og‘ir moliyaviy ahvolda qolgan, deb yozmoqda The Wall Street Journal Boyden Gray & Associates advokatlik firmasi rahbari, Qo‘shma Shtatlarning YeIdagi sobiq vakili Boyden Greyga asoslangan holda. 

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Amerika banklari “amalda siyosiy qarashlar va atrof-muhitni muhofaza qiluvchilarning bosimi ostida qolganliklari bois AQSh neftgaz sohasini boykot qilmoqda”. Oddiy holatda, moliyaviy institutlar, aksincha, korporativ mijozlarga kredit taqdim etish uchun bir-biri bilan raqobat qiladi. 

Nashrning yozishicha, Citibank, Goldman Sachs, JPMorgan Chase, Morgan Stanley va Wells Fargo bir vaqtning o‘zida AQSh neftgaz sohasini likvidlik bilan boyitishni to‘xtatgan. Bu moliyaviy tashkilotlar, shuningdek Arktikada neft konlarini aniqlash va ko‘mir qazib olish loyihalarini kreditlashngi ham to‘xtatishini e'lon qilgan. Birgina Bank of America bundan mustasno bo‘lib turibdi. Jahondagi eng yirik investitsiya fondi hisoblanuvchi BlackRock esa, joriy yil yanvar oyidayoq daromadining 25 foizi ko‘mirdan foydalanish oqibatida kelgan korxonalar bilan shug‘ullanmasligini e'lon qilgan edi. Ayni fond Climate Action 100+ paktiga ham qo‘shilgan bo‘lib, unda 450 dan ortiq xalqaro investor bor. 

Mavzuga oid