Jahon | 21:46 / 15.07.2020
4061
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya hukumati turistlarni Londonga qaytishga chaqirdi

Mamlakatda COVID-19 sababli 23 martda karantin joriy etilgandi. Cheklov choralarining bir qismi iyundan bekor qilindi, iyuldan pablar, barlar, muzeylar ochilmoqda.

Britaniya hukumati turistlarni London markaziga qaytish va koronavirus pandemiyasi oqibatidagi yo‘qotishlardan so‘ng tiklanayotgan Britaniya poytaxti iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

"Bir necha oylik lokdaundan so‘ng Londonning diqqatga sazovor joylari, xususan, dunyoga mashhur muzey va galereyalar, ko‘plab bar va restoranlar hayotga qaytmoqda. Biz odamlar London ularga nimalarni taklif qila olishini ko‘rish uchun kelishlarini istaymiz, bu yerda yozgi ta'tillar xavfsiz", - dedi Britaniya raqamli texnologiyalar, media va sport vazirligi vakili Nayjyel Xaddlston.

Uning qayd etishicha, Londonda turistlar oqimining ko‘payishi nafaqat shahar, balki butun mamlakat uchun ham foydalidir.

"Turizm sohasi milliy iqtisodiyotga sezilarli ulush qo‘shadi, bandlikni ta'minlaydi", - dedi vazirlik vakili.

Mamlakatda COVID-19 sababli 23 martda karantin joriy etilgandi. Cheklov choralarining bir qismi iyundan bekor qilindi, iyuldan pablar, barlar, muzeylar ochilmoqda.

Mavzuga oid