Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus jahon iqtisodiyotiga 8,3 trillion dollarga tushdi
Pandemiya oqibatlari va cheklovlar jahon iqtisodiyotiga 8,3 trln dollarga tushdi va 147 mln kishini ishsiz qoldirdi.
Sidney universiteti olimlarining ma'lum qilishicha, aviaaloqa to‘xtatilgani va chegaralar yopilgani sababli sayyohlik tarmog‘i eng ko‘p jabr ko‘rgan. Bu ayniqsa Osiyo, Yevropa va Shimoliy Amerikada kuchli sezilgan.
Yetkazmalar zanjiri buzilishi jahon savdosiga, energetika va moliya sektoriga salbiy ta'sir ko‘rsatgan. Shu bilan birga, ekologiyaga ta'sir sayyoramizning eng ifloslangan hududlarida kamaygan. Olimlarning ta'kidlashicha, ko‘plab davlatlarda karantin choralari davom etayotgani sababli global yo‘qotishlar ortishi davom etmoqda. Karantinning juda erta yumshatilishi esa ayanchli oqibatlarga va uzoq davom etuvchi iqtisodiy oqibatlarga olib keladi.
Olimlarning ta'kidlashicha, global iqtisodiy inqiroz jahon iqtisodiyotining o‘zaro bog‘liqligi bilan asoslangan. Butun dunyoda 147 mlndan ko‘proq kishi ishdan bo‘shatib yuborilgan, bu esa maoshdan olinadigan daromadning 2,1 trln dollarga qisqarishiga olib kelgan. Dunyo aholisining iste'mol xarajatlari esa 3,8 trln dollarga kamaygan.
Mavzuga oid
17:31 / 23.01.2026
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025 yilda 7,7 foizga o‘sdi
14:25 / 01.01.2026
2025 yilgi inflatsiya: qaysi mahsulot qanchaga qimmatlashdi?
19:31 / 30.12.2025
Yil yakuni: 2025 yil O‘zbekiston iqtisodiyotidagi asosiy tendensiyalar
12:05 / 26.12.2025