Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon bilan chegaradagi to‘qnashuvlarda Armanistonning 10 nafar askari yaralandi
Bir nafar harbiy xizmatchining ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda.
Ozarboyjon bilan chegaradagi to‘qnashuvlar natijasida Armanistonning 10 nafar harbiy xizmatchisi yaralandi, deb xabar berdi mamlakat mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyan o‘zining Facebook sahifasida.
"Armaniston-Ozarboyjon chegarasining shimoli-sharqiy uchastkasidagi harakatlarda 10 nafar harbiy xizmatchi jarohatlandi, ular hozirda davolanmoqda. Bir nafar harbiy xizmatchining ahvoli o‘ta og‘ir", - deb yozdi u.
Armaniston mudofaa vazirligi avvalroq to‘rt nafar arman harbiy xizmatchisi halok bo‘lganini ma'lum qilgandi.
Armaniston qurolli kuchlari o‘tgan sutkada o‘t ochish rejimini 90 martadan ortiq buzdi, deb xabar berdi o‘z navbatida Ozarboyjon mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Xususan, qayd etilishicha, Ozarboyjon armiyasining Gedabek tumanidagi pozitsiyalari Armanistonning chegaradosh Chambarak tumani hududidan o‘qqa tutilgan.
Ozarboyjon va Armaniston chegarasidagi qurolli to‘qnashuvlar 12 iyuldan beri davom etmoqda. Janglar davomida ikki tomon ham yo‘qotishlarga uchragan.
14 iyulda Armaniston 4 harbiy, jumladan bir mayor, bir kapitan va 2 nafar kichik serjantni yo‘qotganini ma'lum qilgan. Ozarboyjonda esa janglar davomida general-mayor va polkovnik hamda pastroq unvondagi bir necha harbiy halok bo‘lgani ma'lum qilingan. Shuningdek, ikki davlat mudofaa vazirliklari bir-birlarining harbiy punktlarini yo‘q qilganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
17:50 / 14.07.2026
Ukraina hech qachon okkupatsiyaga rozi bo‘lmasligi lozim – Aliyev
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
14:14 / 22.06.2026
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
19:01 / 16.06.2026