Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon prezidenti Armanistonning KXShTga murojaatiga izoh berdi
Armaniston-Ozarboyjon chegarasida 12 iyul kuni boshlangan qurolli to‘qnashuvlar uch kundan buyon davom etmoqda.
Foto: Anadolu
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston bilan chegarada sodir bo‘lgan voqealarga KXShTning aloqasi yo‘qligini ma'lum qildi.
"Javob harakatlarimizdan so‘ng Armaniston darhol KXShTga murojaat qildi va yordam so‘radi. KXShTning bunga nima aloqasi bor? Ozarboyjon Armaniston chegarasini buzmadi", - dedi Aliyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "KXShTning barcha a'zolari Ozarboyjonning do‘stlaridir".
"Tabiiyki, Armanistondan tashqari", - deb qo‘shib qo‘ydi Ozarboyjon prezidenti.
Armaniston-Ozarboyjon chegarasida 12 iyul kuni boshlangan qurolli to‘qnashuvlar uch kundan buyon davom etmoqda. Har ikki tomondan qurbonlar bo‘ldi.
Avvalroq Armaniston tashqi ishlar vaziri Zograb Mnatsakanyan KXShT bosh kotibi bilan telefon orqali muloqotida Armaniston-Ozarboyjon chegarasidagi vaziyat to‘g‘risida batafsil ma'lumot berganligi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:19 / 22.04.2026
Markaziy Osiyo va Ozarboyjon yetakchi ayollari ustuvor vazifalarni muhokama qildi
22:26 / 20.04.2026
Armanistonda 10 tonnaga yaqin Nestle bolalar ozuqasi yo‘q qilindi
19:20 / 15.04.2026
Rossiya va Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati oqibatlari «hal etilganini» e’lon qildi
19:05 / 14.03.2026