Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon: Amerika harbiylari Afg‘onistonning 5 hududini tark etadi
Amerika mudofaa vazirligi Qo‘shma Shtatlar harbiy bo‘linmalari Afg‘onistondagi 5ta harbiy bazani tark etishini tasdiqladi. Shuningdek, Vashington hamda Tolibon harakati o‘rtasida imzolangan tinchlik kelishuvida ko‘rsatilganidek, harbiy soni kamaytiriladi. Bu haqda Pentagon rasmiy vakili Jonatan Hoffman bayonotida so‘z borgan.
“Shartnomada nazarda tutilganidek, Qo‘shma Shtatlar o‘zining Afg‘onistondagi kuchlari sonini 8,6 ming askargacha kamaytirishga va 5ta bazadan qarorgohdan ketishga rozi bo‘lgandi. Biz bu majburiyatlarni bajardik. AQShning Afg‘onistondagi kuchlari soni 8,5 ming atrofida saqlanib qolmoqda, Amerika kuchlari egallab turgan 5 qarorgoh afg‘on hamkorlarimizga berildi”, - deya qayd etgan Hoffman.
Avvalroq, TOLONews telekanali AQSh kuchlari G‘ilmon, O‘ruzg‘on, Paktika va Lag‘mon viloyatlaridagi harbiy qarorgohlarni tark etgani haqida xabar qilgan edi.
Endilikda, kelishuvga muvofiq, toliblar zimmalariga olgan barcha majburiyatlarni bajargan taqdirda, AQSh va uning ittifoqchilari kelgusi 9,5 oyda Afg‘onistonda qolgan kuchlarini batamom olib chiqib ketadi.
Mavzuga oid
12:58
Toshkent AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik yutuqni yuqori baholadi
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026