Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI sudi Apple Irlandiyada 13 milliard dollar soliq to‘lashi kerakligi to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi
Apple 2014 yilda Irlandiyada ushbu kelishuvlarga muvofiq mamlakatdagi 12,5 foizlik stavka o‘rniga 0,005 foiz stavkada daromad solig‘i to‘lagan.
YeI sudi Yevrokomissiyaning Apple Irlandiyada 13 milliard dollar soliq to‘lashi kerakligi to‘g‘risida chiqarilgan qarorini bekor qildi. Bu haqda Business Insider xabar bermoqda.
Yevrokomissiya Irlandiyadagi yumshoq soliq tizimi tufayli Apple bozorning boshqa ishtirokchilari oldida asossiz ustuvorlikka ega bo‘lgan degan xulosaga kelgandi.
Business Insider nashrining yozishicha, Apple 2018 yilda yetishmayotgan soliq to‘lovini Irlandiyadagi maxsus hisobraqamga o‘tkazishni boshlagan, apellyatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda bu pullarni qaytarib olishga umid qilgandi.
Irlandiya va Apple 1991 yilda soliqlar bo‘yicha ikkita kelishuv imzolagan. Yevrokomissiyaning ta'kidlashicha, Apple 2014 yilda Irlandiyada ushbu kelishuvlarga muvofiq mamlakatdagi 12,5 foizlik stavka o‘rniga 0,005 foiz stavkada daromad solig‘i to‘lagan.
Mavzuga oid
21:51 / 08.07.2026
iPhone 18 Pro yangi kamera va akkumulyator tufayli sezilarli darajada qalinlashadi
08:55 / 06.07.2026
iPhone 18 Pro haqidagi maxfiy hujjatlar sizdirildi
20:00 / 03.07.2026
Gadjetlar qimmatlamoqda: chiplarning global taqchilligi smartfon va noutbuklar narxini oshiryapti
20:25 / 29.06.2026