Qobil Tursunovning sözlariga köra, bugungi kunda viloyatda qariyb 1 million nafar aholiga 166ta davolaş profilaktika va yordamçi muassasalar tibbiy xizmat körsatmoqda. Xususiy sektorda 184ta tibbiyot muassasalari faoliyat yuritmoqda.

Viloyatda şu kungaça 362 nafar bemorda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bölib, joriy yilning 16 iyul kunigaça ulardan 310 nafari töliq tuzaldi. 52 nafar bemorlar esa viloyatdagi 5ta tibbiyot muassasasida davolanmoqda.

Ayni paytda 1240 nafar fuqaro uy karantiniga olingan va 60ga yaqin kişi birlamçi aniqlangan bemor sifatida uy şaroitida davolanmoqda. Olib borilgan barça profilaktik-davolaş jarayonlariga qaramasdan 3 nafar öta oğir bemorda ölim holati ham kuzatilgan.

Virus tarqalişining oldini oliş hamda kasallanişlarni öz vaqtida aniqlaş maqsadida 5 iyuldan boşlab, viloyatda Germaniyada işlab çiqarilgan test diagnostikumlari faoliyati yölga qöyildi.

Viloyatning barça şahar va tumanlar SEOMlarida kuniga örtaça 1200dan 1500gaça test uçun namunalar oliş imkoniyati borligi aytildi.

https://ok.ru/videoembed/1585388391103

5 iyuldan boşlab viloyat SSB huzurida koll-markazi (79-220-47-65) faoliyati qaytadan taşkil etilib, mutaxassis vraçlarining tun-u kun navbatçiligi yölga qöyildi.

Qobil Tursunov ayrim ijtimoiy tarmoqlarda yoki aholi orasida viloyatda pandemiya bilan boğliq statistik ma'lumotlar va mavjud holat töğrisida noxolis axborotlar tarqatilayotganini ta'kidladi.

U AOKA huzuridagi ştabda ötkazilgan brifingda «Nima sababdan Navoiy viloyatida kasallanganlar soni juda ham köp bölişiga qaramasdan, mutasaddi vakillar kasallanganlar töğrisidagi statistikani kamaytirib körsatmoqda?» mazmunidagi savol örtaga taşlanganiga urğu berdi.

«Mazkur savolga RSEN davlat inspeksiyasi boşliği N.Otabekov javob berar ekan, şu kungaça viloyatlarda kasallaniş va koronavirusdan ölim darajasi böyiça berilayotgan statistik ma'lumotlar xalqdan xeç narsani yaşirmasdan aniq, haqqoniy, şaffof holda berilayotganini aytib ötdi. Jumladan, Navoiy viloyatidagi holat böyiça tarqalayotgan xabarlar ham noörin va yolğon ma'lumot ekanligi qat'iy ta'kidlandi.

Şunday ekan, ortiqça sarosimaga berilmasdan, oğir-vazminlik bilan, har qanday miş-miş va asossiz ma'lumotlarga işonmasliklaringizni söragan bölardim», — dedi Tursunov.