Navoiyda fuqarolarni Ukrainaga qarşi uruşda Rossiya tomonidan iştirok etişga yollaş orqali pul işlamoqçi bölgan ayol jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hukmida keltirilişiça, 1981 yilda tuğilgan N.U. Navoiy şahrida yaşab kelgan. U muqaddam firibgarlik jinoyati bilan sudlangan.
N.U. 2024 yil oktyabr oyida jinoyat işining unga oid qismi alohida iş yurituviga olingan şaxs taklifiga asosan Samara şahriga borgan. Uşbu şaxs va ayol Özbekiston fuqarolarini Ukrainaga qarşi uruşga jalb qilib, moddiy manfaatdor böliş haqida jinoiy reja tuzişgan.
Şundan söng ayol 2025 yil yanvar oyida yaşaş manziliga qaytib kelgan. U oyiga 4 ming dollardan 7 ming dollargaça pul berilişini, yil davomida 40 ming dollar işlab olişini aytib, fuqaro A.P.ni Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etişga yollagan. Ayol fuqaroning çet elga çiqiş pasporti ma’lumotlarini WhatsApp orqali Rossiyadagi şerigiga jönatgan. Söngra uşbu fuqaroni Rossiyaga jönatiş uçun Toşkent viloyatida joylaşgan “Navoiy” çegara-bojxona posti orqali Qozoğistonga ötayotganida DXX Navoiy viloyati böyiça boşqarmasi tomonidan uşlangan.
N.U. sudda aybiga töliq iqror bölgan va qilmişidan afsusda ekanini aytib, suddan yengillik söragan.
JIB Karmana tuman sudi hukmi bilan N.U. Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 154-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni (yollanma şaxsni yollaş, öqitiş, moliyalaştiriş yoki unga boşqa moddiy ta’minot beriş, xuddi şuningdek, undan harbiy töqnaşuv yoki harbiy harakatlarda foydalaniş) sodir qilişda aybli deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qöllagan holda 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Navoiy viloyati sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasi ajrimi bilan dastlabki sud hukmi özgarişsiz qoldirilgan.
Oldinroq Rossiya armiyasiga yollangan navoiylik yigit 4 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosiga tortilgandi.












