Navoiy viloyatida ikkita tumanga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, bugun Karmana va Navbahor tumanlarida mahalliy kengaş sessiyalari ötkazilgan. Ularda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov iştirok etgan.

Karmana tumaniga Boltayev Şohrux Şavkatoviç hokim etib tayinlangan.

Bunga qadar u Karmana tumani hokimining quriliş, tösiqlarsiz muhit yaratiş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Şohrux Boltayev 1988 yilda Qiziltepa tumanida tavallud topgan. 2012 yilda Navoiy davlat pedagogika institutini, 2021 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

2024 yil yanvaridan buyon tumanga rahbarlik qilib kelgan Valijon Adizov öz arizasiga asosan lavozimidan ozod qilingan.

Navbahor tumani hokimi lavozimiga Raşidov Alişer Abdurazzoqoviç tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Navoiy viloyati Qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliği lavozimida faoliyat olib borgan.

Alişer Raşidov 2000 yilda Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaştiriş muhandislari institutini tamomlagan. 2006 yilda Toşkent Davlat agrar universiteti qoşidagi qişloq xöjalik korxonalari rahbarlarni tayyorlaş va kadrlar malakasini oşiriş markazi hamda 2012 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va Jamiyat qurilişi akademiyasini tugatgan.

Navbahor tumani hokimi lavozimida 2022 yil may oyidan buyon Azamat Öroqov işlab kelayotgandi. Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati rahbarining Kun.uz’ga bildirişiça, u ham öz arizasiga asosan lavozimidan ozod qilingan.