“Yasalgan” jinoyat: Navoiyda ikki qiz IIB “rezultati” uçun qamoqqa tiqildi
|21:59 / 23.06.202535 21713 min
Navoiyda 23 va 20 yoşli ikki qiz “yasama jinoyat” qurboni böldi. Ular IIB “rezultat” uçun uyuştirgan jinoyat sababli ayni damda umrini qamoqda ötkazmoqda: biri 3,5 yil, ikkinçisi 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Sud hujjatlarida turmuşga çiqmagan bu ikki qiz öz bolasini 10 va 5 mln sömga sotişga uringani aytiladi. Ammo har ikki “delo”da tergov organi işni protsessual normalarga mutlaqo zid ravişda olib borgan, işni körgan sudyalar esa negadir muhim jihatlarga köz yumgan. Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatov holatlar yuzasidan xizmat tekşiruvi ötkazişni buyurdi.
Şunday jinoyat işlari böladiki, sud hukmini advokat yoki huquqşunos emas, oddiy odamlar öqisa ham holat atay uyuştirilganini bilib oladi. Asosiy vazifalaridan biri jinoyatçilikning oldini oliş bölgan IIB xodimlari ba’zi hollarda aynan özlari atay jinoyat uyuştirib, “rezultati”ni inson hayoti va erkidan ustun qöymoqda. Bu kabi işlarni körib çiqayotgan sudyalarga esa “deloni sindiriş”ga jur’at yetişmayapti. Maqolamiz ana şunday “yasama jinoyat” tufayli ozodlikdan mahrum qilingan ikki ayol haqida.
1-holat. “Özlari pul taklif qildi”
Nigina 2002 yilda Navoiy viloyatining Navbahor tumanida tuğilgan. Yaqindagina 23 yoşni qarşilagan bu qiz ayni damda jazoni ijro etiş muassasasida jazo muddatini ötamoqda: u odam savdosi jinoyatida ayblanib, 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
Sud hukmida Nigina 2024 yilning 4 sentabr kuni özining 14 kunlik qiz farzandini “şartli xaridor” Zarina Soliyevaga 10 mln sömga sotgan paytida tezkor tadbirda uşlangani keltirilgan.
Nigina sudda aybiga qisman iqror bölgan hamda bolasini sotiş niyati bölmaganini, 10 mln söm pulni Zarina Soliyeva taklif qilganini bildirgan.
Niginaning körsatmasiga köra, u 2024 yil fevral oyida Buxoro viloyatida yaşovçi Javohir ismli tanişi bilan yaqin munosabatda bölib, homilador bölib qolgan. 3 oy davomida Kogon tumanida joylaşgan pişiriq sexida işlagan. 2024 yil iyun oyi boşlarida işlaş maqsadida Turkiyaning Istanbul şahriga ketgan. 2 oy davomida u yerda savdo dökonida işlagan. Söngra soğligi yomonlaşgani sababli 2024 yil 3 avgust kuni Özbekistonga qaytgan hamda Navbahor tumanida yaşovçi ammasi Şahnoza Rahimovaning uyiga borgan. 2024 yil 21 avgust kuni Nigina Navoiy perenatal markazi tuğuruq bölimida qiz farzandini dunyoga keltirgan. Çaqaloq 7 oylik tuğilgan.
Nigina tuğuruqxonada Dilbar Niyozova ismli ayolga qiz farzandli bölganini, uni boqib katta qiliş uçun şaroiti yöqligini, işonçli odamlarga qoldirib ketmoqçiligini aytgan. Dilbar Niyozova esa Niginani “şartli xaridor” Zarina Soliyeva bilan taniştirib qöygan.
“Zarina opaga bolamni qoldirib, Turkiyaga ketmoqçi ekanimni aytganimdan söng u qizim uçun qança pul berişi kerakligini söradi. Faqatgina qarzlarimni tölab berişini, qolgan pullarni özim işlab topişimni aytdim. Zarina opa özining Madina ismli tanişi bilan kelib, 10 kun davomida tuğuruqxonadagi xarajatlarni qilib berib yurdi
Mavzuga oid
”, degan Nigina sudda.
Şundan söng 2024 yil 4 sentabr kuni “şartli xaridor” şifokorlar bilan gaplaşib, Niginani tuğuruqxonadan olib çiqqan. Nigina ammasi Şahnoza Rahimova bilan Zarina Soliyeva çaqirgan kafega borgan. Öşa yerda Zarina Soliyeva Niginaga 10 mln söm bergan hamda da’vosi yöqligi haqida tilxat yozdirib olgan. Şu yerda tezkor tadbir uyuştirilib, ayol qölga olingan.
“Pulsiz va oğir ahvolda ekanidan foydalanişdi”
Sud majlisida Dilbar Niyozova guvoh sifatida söralgan. U Niginani borişga joyi bölmagani sababli ma’lum muddat uyiga ijaraga qöyganini aytgan. Zarina Soliyevaga Niginaning raqamini Dilbar Niyozova bergan.
Kun.uz Dilbar Niyozova bilan aslida holat qanday bölgani haqida suhbatlaşdi.
“Zarina Soliyeva menga toğamning bolasi farzandsiz, degandi. Şunga şu qiz bolasini berişi mumkin, degan maqsadda gaplaşib körişi uçun Niginaning raqamini bergandim. Zarina bolani asrab olmoqçi bölganlarga aytgan.
Niginaning bir söm puli yöq edi. Şu ahvolda unga şifokorlar dori yozib beravergan. Bu dorilarni bolani olmoqçi bölganlar sotib olib bergan.
Zarina örtaga kirib, “melisalar” bilan piçir-şivir qilgan. Niginaga nima desang beramiz, deb uning bir sömga zorligidan foydalangan holda şunga undagan. Men buni sudda ham aytdim. Niginaning unaqa niyati yöq edi. U bolasini sotaman demagan, noilojlikdan berayotgandi. Ona-da, uyim-joyim bölmasa farzandimni nima bilan boqaman, qanday katta qilaman, undan köra yaxşiroq şaroitlarda ösişini xohlayman, deb bergan edi. Pulsiz va oğir ahvolda ekanidan foydalanişdi”, deydi Dilbar Niyozova.
Uning ta’kidlaşiça, bolani asrab olmoqçi bölganlar ham sudda Nigina ulardan bir söm ham söramaganini, hammasini Zarina uyuştirganini aytişgan.
Jazo va apellyatsiyada özgarmagan hukm
Mazkur iş jinoyat işlari böyiça Navbahor tuman sudida sudya Alişer Saydullayev raisligida körib çiqilgan. Uşbu sudning 2025 yil 5 fevraldagi hukmi bilan Nigina Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismining “a” bandida nazarda tutilgan odam savdosi jinoyatini sodir qilişda aybli deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qöllagan holda 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni ötaş muddati u qamoqqa olingan 2024 yil 17 noyabr kunidan boşlab hisoblangan.
Iş Navoiy viloyati sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida körib çiqilgan. Apellyatsiya şikoyati Niginaning advokati tomonidan kiritilgan. Sudning 2025 yil 4 martdagi ajrimi bilan dastlabki sud hukmi özgarişsiz, apellyatsiya şikoyati esa qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.
2-holat. “Bolamni sotiş niyatim bölmagan”
Niginanikiga öxşaş taqdir, ya’ni “yasama jinoyat” qurboni böliş Karmana tumanida yaşovçi 20 yoşli Sarvinozning ham boşiga tuşgan. U yangi tuğilgan çaqaloğini “5 mln sömga sotgan”likda ayblangan.
Sud hukmida Sarvinoz “oson va qinğir yöllar bilan boylik orttirişdek ğarazli va boşqa past maqsadlarni közlab, özining benikoh tuğilgan farzandini sotiş orqali moddiy naf körişni rejalaştirgan”i aytiladi. U 2024 yilning 2 noyabr kuni Xatirçi tumanidagi çoyxonada fuqaro Nigora Xudoyberdiyevaga 5 kunlik öğil farzandini “5 mln sömga sotgan vaqtida” tezkor tadbirda uşlangan.
Sarvinoz sudda aybiga töliq iqrorlik bildirgan. Biroq uning körsatmasida bolasini sotiş maqsadida Nigora Xudoyberdiyevadan pul söragani haqida biror gap yöq. Aksinça, 5 mln söm berişni Nigora Xudoyberdiyeva taklif qilgan.
“2024 yil fevral oyi örtalarida ixtiyoriy ravişda Dilşod ismli tanişim bilan jinsiy aloqada böldim. Homilador bölib qolganimni uydagilarimdan yaşirdim. 2024 yil 27 oktyabr kuni uyimda opamning yordamida tuğdim. Tanişim Farida Ğaybullayevaga tuğganligimni, bolani katta qila olmasligimni, işlaş uçun Qozoğistonga ketmoqçi ekanimni, farzandimni asrab oladigan oila bölsa, ularga berişimni aytdim.
Farida opa qönğiroq qilib, Navoiy şahrida yaşovçi Nigora ismli tanişi farzand asrab olmoqçi ekanini ma’lum qildi. Söngra Nigora opa qönğiroq qildi, uçraşdik, unga vaziyatni tuşuntirdim. U farzandim uçun 5 mln söm berişini, uşbu pullar bilan Qozoğistonga çiqib ketişimni aytdi”, degan Sarvinoz öz körsatmasida.
U otasidan qörqqani sababli uyidagilariga homilador bölib qolganinin ayta olmaganini, aslida bolani sotiş niyati bölmaganini, farzandini özi mustaqil katta qila olmasligiga közi yetib şu işni qilişga majbur bölganini bildirgan.
Jinoyat işlari böyiça Xatirçi tuman sudining 2025 yil 23 apreldagi hukmi bilan Sarvinoz odam savdosi jinoyatida aybli topilib, 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Tergov paytida unga şaxsiy kafillik ehtiyot çorasi qöllangan bölgan. Ammo hukm bilan u özgartirilib, darhol sud zalida qamoqqa olingan.
Farida Ğaybullayeva kim?
Sarvinozning işida Farida Ğaybullayeva ismi keladi. Ya’ni Sarvinoz aynan Farida Ğaybullayevaga tuğganini hamda farzandini asrab oladigan oila bölsa berişini aytgan. Navoiy viloyati IIB boşliği nomiga ham aynan Farida Ğaybullayeva hamda Nigora Xudoyberdiyeva ariza yozgan.
Karmana tumanida yaşovçi Farida Ğaybullayevaning ismi Navoiy viloyatidagi bir neçta jinoyat işlarida jabrlanuvçi sifatida kelgan.
Jumladan, jinoyat işlari böyiça Navoiy şahar sudining 2024 yil 26 noyabrdagi hukmida taksi haydovçisi Farida Ğaybullayevaning “işonçiga kirib”, uni Navoiy şahar köp tarmoqli tibbiyot poliklinikasiga 0.25 stavkaga farroşlik lavozimiga işga joylaştiriş uçun 13 mln söm talab qilgani, uşbu pullarni olayotganda tezkor tadbirda uşlangani keltirilgan.
Jinoyat işlari böyiça Navbahor tuman sudining 2025 yil 18 martdagi hukmida ham Farida Ğaybullayeva ismi bor. Bu safar 43 yoşli erkak unga “B” toifali haydovçilik guvohnomasi olib beriş uçun 1200 dollar olganda tezkor tadbirda uşlangan.
E’tiborlisi, jinoyatni yöqdan bor qilgan, har zamonda “jabrlanuvçi” şarpasida tergov va sud işlarida paydo bölib turadigan Farida Ğaybullayeva sudda söroqqa tutilmagan. Işni körib çiqişda raislik qilgan sudya Şerzod Mamirov undan “Bolani sotiş yoki sotib oliş taklifi kimdan çiqdi?” deb söramagan hatto.
Ayblovlar asossiz va hukmlar ğayriqonuniy
Nigina va Sarvinoz işida ayblovlarni asosli deb bölmaydi. Çunki har ikki keysda qizlarning oğir vaziyatda ekanidan foydalanib, ularni atay jinoyatga undaş holati bölgan.
Aslida “Tezkor-qidiruv faoliyati töğrisida”gi qonunning 17-moddasiga köra, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oşiruvçi organlarning fuqarolarni huquqbuzarliklar sodir etişga oğdirişi va undaşi taqiqlanadi. Jinoyat-protsessual kodeksining88-moddasi 4-bandida esaisbot qilişda şaxsni ğayriqonuniy harakatlar sodir etişga undaş va bunday undaş oqibatida sodir etilgan jinoyat uçun uni ayblaş taqiqlanadi, deya qayd etilgan.
Şuningdek, prezidentning 2020 yil 10 avgustdagi “Sud-tergov faoliyatida şaxsning huquq va erkinliklarini himoya qiliş kafolatlarini yanada kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonida tergovga qadar tekşiruv, suriştiruv va dastlabki tergov organlari xodimlari tomonidan şaxsni ğayriqonuniy harakatlar sodir etişgaundaş va bunday undaş oqibatida sodir etilgan jinoyat uçun uni ayblaştaqiqlanişi, bunda, tezkor-qidiruv tadbirlari natijalari faqat ular qonun talablariga asosan olingan va şaxsda huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari yoki tezkor tadbirda iştirok etgan boşqa şaxslarning harakatlariga boğliq bölmagan holda jinoyat sodir etiş uçun şakllangan qasd mavjud bölgandagina sud hukmida dalil sifatida tan olinişi mumkinligi belgilangan.
Qolaversa, Oliy sud Plenumining 2018 yil 24 avgustdagi “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qöllaşning ayrim masalalari töğrisida” 24-son qaroriga köra, suriştiruvçi, tergovçi va sud tomonidan qonun normalarini aniq bajarişdan va unga rioya qilişdan har qanday çekiniş, u qanday sababga köra yuz berganligidan qat’i nazar, şu yöl bilan olingan dalillarning maqbul emas (yaroqsiz) deb topilişiga olib keladi. Maqbul bölmagan dalillar yuridik kuçga ega bölmay, isbotlaş uçun foydalaniş hamda ularni ayblov asosiga qöyiş mumkin emas.
Kun.uz öz manbalari orqali har ikkala qizning oilaviy holati va ijtimoiy kelib çiqişini örgandi. Ayni damda bu adaşgan qizlarning orqasidan sudma-sud yuguradigan, qamalib ketgani uçun qayğuradigan yaqin insonlari deyarli yöq.
Içki işlar, prokuratura, sudyalarga ularning taqdiri zarraça qiziq emas. Ammo oramizda odamiylik tugab bitmagan bölsa kerak. Ular huquqiy yordamga muxtoj. Ğayrat Dösov işida 12 nafar advokat tekinga himoyaga kelgandi. Köramiz, bu ojizalarni ham köngilli tarzda himoya qiladigan mard advokatlar topilarmikin?!
Xizmat tekşiruvi ötkaziladi
Har ikkala holat IIVning jamoatçilik kengaşi hisobot yiğilişida muhokama qilindi. Unda qatnaşgan Kun.uz boş muharriri xodimlar tomonidan uyuştirilgan jinoyatlar haqida aytib, vazir Aziz Toşpölatovning fikri bilan qiziqdi.
Vazir masalani diqqat bilan tinglab, Tergov departamenti boşliği va IIV Öz xavfsizligi boşqarmasiga xizmat tekşiruvi ötkazişni buyurdi.
IIBning bu kabi şarmandali “rezultati” haqida Kun.uz oldinroq ham suriştiruv e’lon qilgandi. Unda Qibray tumanida yaşovçi 35 yoşli Zulxumor Abdurahimova IIB “yasagan” jinoyat tufayli 10 yoşli qizini sotganlikda ayblanib, 8 yil muddatga qamoqqa tiqilgandi. Keyinçalik apellyatsiya instansiya sudi ajrimi bilan dastlabki sud hukmi özgartirilib, ayol oçiqqa çiqqandi.
Dilşod Abduqodirov,
Ruslan Saburov,
Kun.uz
Nigina va Sarvinozni tekinga himoya qiliş istagi bölgan advokat topilsa, Telegram’dagi @kunuzmurojaat manzili orqali tahririyatga boğlanişi mumkin.