Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda o‘zbekistonlik mehnat migrantlari ish tashlashdi
Ushbu muammoni hal qilish uchun pudratchi kompaniya rahbariyati va O‘zbekiston konsuli jalb etilganligi aytilmoqda.
Foto: spb.live / Vk
Sankt-Peterburgdagi «Laxta sentr» qurilishida ishlayotgan mehnat migrantlari ish tashlashdi.
Qurilishning bosh pudratchisi bo‘lgan Renaissance Construction vakilining so‘zlariga ko‘ra, kompaniyaning oylik maosh bo‘yicha qarzi yo‘q.
«Ishchilar mehnat shartnomasida ko‘rsatilmagan to‘lovlarni talab qilmoqda. Hozirda kompaniyaning ishchilar oldida maosh borasida qarzi yo‘q», - dedi kompaniya matbuot xizmati xodimi.
Ushbu muammoni hal qilish uchun kompaniya rahbariyati va O‘zbekiston konsuli jalb etilganligi aytilmoqda.
«Laxta sentr» —"Gazprom" shtab-kvartirasi joylashgan ko‘p funksiyali majmua. Qurilish ishlari 2018 yilda yakunlangan, hozirda pardoz ishlari ketmoqda.
Avvalroq Amur oblastida «Gazprom»ning gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlayotgan o‘zbekistonlik ishchilar isyon ko‘targani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:18 / 06.02.2026
Samarqandda xorijdagi festivalga o‘z farzandlarini yuborgan mansabdorlardan 28 mln so‘m undirildi
14:21 / 05.02.2026
Gretsiyaning Egey dengizidagi oroli yaqinida 15 nafar migrant halok bo‘ldi
20:30 / 04.02.2026
Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
10:49 / 04.02.2026